FORMALDEGID

FORMALDEGID (lot. formica — chumoli) , chumoli aldegid, alifatik aldegidlar gomologik qatorining 1aʼzosi; oʻtkir hidli, rangsiz gaz. Suv va spirtda yaxshi eriydi. Suyuqlanish trasi — 118°, qaynash trasi — 19,2°, zichligi 815 kg/ m3 (20°da). Sanoatda metil spirti yoki metanni qavo kislorodi bilan oksidlab olinadi. Formaldegid reaksiyaga yaxshi kirishadi, polimerlanadi, kuchli qaytaruvchi. Formaldegid zaharli; uning havoda eng katta yoʻl qoʻyiladigan konsentratsiyasi 1 mg/m3. Sintetik smolalar (mochevinaformaldegid smolalar, melaminformaldegid smolalar, fenolformaldegid smolalar va h. k.), boʻyagichlar, portyaovchi moddalar, dorivor preparatlar, oshlovchi, antiseptik va dezodoratsiyalovchi vositalar olishda qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x