FORMA (lot. forma — koʻrinish) (m a tematikada) — bir hadlarning darajasi bir xil boʻlgan bir nechta oʻzgaruvchili koʻphad. Oʻzgaruvchilar soni p ga karab Formalar binar (p=2), ternar (p=3) va b., darajasiga qarab chiziqli (t = 1), kvadratik (t=2), kubik (t=3) va h. k. deyiladi. Tatbiq uchun kvadratik Formalar katta ahamiyatga ega. Mas, vektor uzunligining kvadrati vektor koordinatalaridan tuzilgan kvadratik Forma bilan ifodalanadi. Sonlar nazariyasida butun sonlarni butun koeffitsiyentli kvadratik Forma yordamida tasvirlash juda muhim masaladir. Formalar algebra, geometriya, sonlar nazariyasi, mexanika va mat. ning boshqa sohalarida qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые