FORD MOTOR

«FORD MOTOR» — jahondagi eng yirik avtomobil kompaniyalaridan biri. 1903-y. da AQSH avtomobil sanoati asoschilaridan biri, sanoatchi Genri Ford tomonidan tashkil etilgan. Boshkaruv idorasi Michigan shtatining Dirborn sh. da, eng katta z-di Deytroyt sh. da joylashgan. Turli rusumdagi yengil, yuk avtomobillari, turli q. x. texnikasi (traktorlar) ishlab chiqaradi. «Ford Motor» dastavval ishni arzon avtomobillarni i. ch. dan boshladi. «Ford Motor» da jahonda birlamchi boʻlib avtomobillarni yigishda standartlashtirish va konveyer usuli qoʻllanildi. 8 soatlik ish vaqti joriy qilindi. «Ford Motor» 20-a. ning 90-y. lari oxiriga kadar yangi z-dlar qurish, boshqa avtomobil kompaniyalarini sotib olish hisobiga kengaydi. «Ford Motor»da avtomobillarning «Ford», «Lincoln», «Mercury», «Jaguar», «Aston Martin», «Mustang» kabi 70 dan ortiq modellari yaratildi va ishlab chiqarildi. 1996-y. ga kelib «Ford Motor» konveyeridan jami 250 million avtomobil chikdi. 1998-y. da kompaniya yengil va yuk avtomobillari i. ch. hajmi boʻyicha jahrnda 2oʻrinni egalladi. «Ford Motor» AQSHdan tashqari dunyoning 30 mamlakatida oʻzining i. ch., yigʻuv va savdo markazlariga, shuningdek, «Mazda Motor», «Kia Motors Corporation» kompaniyalari aksiyalarida ulushga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x