FONOTEKA

FONOTEKA (fon… va yun. theke — narsalar saklanadigan joy) , fonogramarxiv — muayyan tartibda saklanadigan ovoz (musiqali, adabiy, hujjatli, maxsus oʻquv va b.) yozuvlari (fonogrammapar) toʻplami, ovoz yozuvlarini toʻplovchi, qayta ishlovchi, saklovchi muassasa. Yevropada 19-a. oxiri — 20-a. boshida yuzaga kelgan (Avstriya FA F. si, 1899; Berlin psixologiya in-ti Fonotekasi, 1900 va b.). Universal hamda ixtisoslashtirilgan (mas, kinostudiyalardagi) Fonotekalar mavjud. Oliy, oʻrta maxsus (ayniqsa, musiqa, teatr, pedagogika va b.) oʻquv yurtlarida oʻquv Fonotekalar keng tarqalgan. Oʻzbekiston Oʻzteleradiokompaniyasining Radio uyi, Sanʼatshunoslik i. t. inti, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekiston milliy kutubxonasi va b. da yirik Fonotekalar mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x