FONDARYO

FONDARYO, Fandaryo — Tojikistondagi daryo. Zarafshon daryosining chap irmogʻi. Hisor tizmasining shim. yon bagʻridan boshlanadigan Yagʻnobdaryo va Iskandardaryoning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uz. 24 km (Yagʻnobdaryo boshlangan joydan 140 km), havzasining mayd. 3230 km2. Butun oqimi davomida Zarafshon tizmasini kesib, shim. yoʻnalishda daryo va kanʼonlardan iborat tor vodiyda, sharsharalar hosil qilib, katta oʻzanda oqadi. Fondaryo muzliklar, qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Suvining 38% mart— iyun, 50% iyul—sent., 12% okt. — fev. oylariga toʻgʻri keladi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 62 m3/sek. Har 1 m3 suvda oʻrtacha 400 g loyqa oqib keladi. Asosiy irmogʻi — Pasruddaryo. Fondaryo vodiysidan Toshkent—Dushanba avtomobil yoʻli oʻtgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x