FLUKTUATSIYALAR

FLUKTUATSIYALAR (lot. fl uctuatio tebranish) — fizik kattaliklarning oʻz oʻrtacha qiymatlaridan tasodifiy ogʻishi. Tasodifiy omillarga bogʻliq boʻlgan har qanday kattaliklarda Fluktuatsiyalar sodir boʻladi. Statistik fizikada Fluktuatsiyalar tizim zarralarining issiklik harakati tufayli vujudga keladi. Broun harakati mayda zarralarga muhit molekulalari koʻrsatayotgan bosimning F. i natijasida sodir boʻladi. Fluktuatsiyalar fizik oʻlchashlar anikligini chegaralab qoʻyadi, radiopriyomniklarda shovqin hosil qiladi. Shuning uchun statistik fizika, radiotexnika va h. k. larda F. hisobga olinadi. Fluktuatsiyalar har qanday tasodifiy jarayonlarga tegishli.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x