Fleshkadagi ma’lumotlarni himoyalash

MOSTBETDAN BONUS OLING

DO`STLARGA ULASHING:

Fleshkadagi ma’lumotlarni himoyalash
#lifehack #xavfsizlik

☝️Post avvalidan aytib qo’yay, dastlab bu ishni bo’sh fleshka yoki kerakmas fayllar tashlagan holda bajarib, tekshirib oling. Kerakli fayllaringizdan ayrilib qolmang, lekin bu usul 100% ishlaydi, agar o’zingiz e’tiborsizlik bilan xato qilib quymasangiz. Bu usul Windows 7 tizimida tekshirildi va Windows 10’da ham ishlashi kerak.

Fleshkadagi ma’lumotlar muhimligiga qarab, undagi fayllarni hamma har hil himoya qiladi, kimdur parol qo’yadi, kimdur ko’rinmas qilib qo’yadi vahakazo.

Bu postda yana bir usulni o’rgataman, ya’ni fleshkani bir qaraganda ochilmaydigan qilish. Bu usulni ko’pchilik bilmaydi, bilsa ham bunday yopish mumkinligiga umuman qiziqmagan, hayoliga ham kelmagan.
Demak bizga kerak bo’ladi: NTFS tipida formatlangan fleshka(NTFS fayl tizimi), shu joyiga ahamiyat bering FAT, FAT32 formatdagi fleshkada bu usul ishlamaydi.

Qanday qilib NTFS tipida formatlaymiz?
1. Fleshkani kompyuterga ulaymiz.
2. Hosil bo’lgan fleshka harfi ustida sichqonchani o’ng tugmasini bosamiz va «Форматировать».
3. Format oynasi paydo bo’ladi, u yerdagi «Файловая система» bandidan NTFS fayl tizimini tanlaymiz.
4. «Начать».

Fleshka tayyor, endi bu fleshkaga kirishni ta’qiqlaymiz.
1. NTFS fayl tizimidagi fleshkani kompyuterga ulaymiz.
2. Kompyuter biror harf bilan bu fleshkani aniqlaydi, misol uchun F disk.
3. Shu harf ustida, sichqonchani o’ng tugmasini bosamiz va «Свойство».
4. Hosil bo’lgan oynadan, «Безопасность» vkladkasiga o’tamiz.
5. Shu vkladkada «Изменить» tugmasini bosamiz.
6. Quyida «Запретить» degan ustunni hammasini belgilaymiz va OK(Применить emas).
7. OK va yana OK.

So’ng, fleshkani uzib qaytadan ulang, Upss fleshka format so’ramoqdami yoki ochilmi qoldimi?

Havotirlanmang, yuqoridagilarni bajarib 6-bo’limdagi «Запретить» emas «Разрешить» ustunini belgilab chiqasiz va fleshka eski holiga qaytadi.

Eski holiga qaytarishning yana bir usuli:
«Безопасность» vkladkasiga kirib, «Дополнительно» tugmasi bosiladi va hosil bo’lgan oynadan «Изменить» tugmasi orqali «Тип» qismi «Разрешить»ga o’zgartiriladi.

O’zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do’stingizga ham ravo ko‘ring: https://t.me/planetait

MOSTBETDAN BONUS OLING

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x