FLANES (nem. Flansch) — trubalar, vallar, armatura, idishlar (rezervuarlar) va b. ning ularni detallar, mashinalar, apparatlarga birlashtiruvchi kismi. Boltlar va shpilkalar oʻtkazish uchun moʻljallangan teshiklari bor yassi disk yoki halqadan iborat. Odatda, truba, val va b. detallar bilan yaxlit qilib tayyorlanadi. Truba va idishlardagi zichlovchi Flanes ichki boʻshliqlarning zichligi (germetikligi)ni, val va b. aylanuvchi detallardagi Flanes kuch uzatishdagi mustahkamlikni taʼminlaydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые