FLAMINGOLAR

FLAMINGOLAR, qizil qanotlilar (Phoenicopteriformes) — qushlar turkumi. Gavdasining uz. 91 — 120 sm. Tumshugʻi pastga egilgan; tili va tumshugʻi chetlaridagi muguz tishchalari yordamida balchiqdan va loyqalangan suvdan mayda qisqichbaqasimonlar, chuvalchanglar, oʻsimliklar urugʻi va b. oziq moddalarni sizdirib oladi. 1 oilasi 6 turi bor. Avstraliyadan boshka barcha tropik va subtropik hududlarda tarqalgan. Oʻzbekiston hududida bitta turi — oddiy flamingo, yaʼni qizilqanot Amudaryo vodiysi,Orol dengizi, Zarafshon, Fargʻona vodiysi suv havzalarida qushlar uchib utishi davrida uchraydi. Kaspiy dengizi jan. da qishlaydi. 50 tadan 25 mingtagacha qushlardan iborat koloniya hosil qiladi. Qumdan va loydan konussimon uya qurib, 1—2 ta tuxum koʻyadi. Tuxumlarni nari va modasi navbatlashib 30 kunga yaqin bosadi. Ilgari ovlangan. Soni kamayib borayotganligi tufayli ovlash taqiqlangan. Oʻzbekiston Respublikasi va b. mamlakatlar Qizil kitobiga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x