FLAJOLET (frans. fl ageolet — kichik fleyta) — 1) puflama musiqa cholgʻu asbobi, boʻylamasiga chalinadigan yuqori registrli fleyta. Silindr yoki konussimon kanalining uz. 30 — 45 sm. Yuqori qismida xushtakcha, yon tomonida barmoq (yoki klapan)lar bilan yopiladigan 6 ta chalgʻich teshigi mavjud. Diapazoni 2 oktava atrofida;
2) organ, fisgarmoniya registri;
3) torli sozlarning oʻziga xos (chiyillaydigan) tembrga ega, toriga barmoq bilan sal tegish orqali hosil qilinadigan yuqori ton (oberton)lar. Flajolet cholgʻusi tovushini eslatgani uchun shunday nom olgan.