FIZIOLOGIK ERITMALAR — tarkibidagi tuz mikdori osmotik bosimi va b. xossalari boʻyicha qon plazmasiga yaqin turadigan suvli eritmalar (0,9% li NaCl, glyukozaning 4,5% li eritmasi, Ringer, Lokk eritmalari va b.). F. e., odatda, izotonik eritmalar deb ham yuritiladi. Tarkibi jihatidan qon plazmasiga koʻproq Ringer, Lokk va Tirode eritmalari yaqin, bularda NaCl dan tashqari K. S1, SaS12, NaHCOj, baʼzan MgCl,, fosfatlar va glyukoza boʻladi. Tibbiyotda (davolash maqsadida organizmga yuboriladi) va organizmdan ajratilgan aʼzolarni oʻrganishda (tadqiqot ishlarida) Fiziologik eritmalardan foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые