FIZIK KIMYO

FIZIK KIMYO — kimyoviy hodisalarni tushuntirish va ularning qonunlarini fizikaning umumiy prinsiplari asosida aniqlab berish bilan shugʻullanadigan fan sohasi. Kimyoviy termodinamika, kimyoviy kinetika, kataliz, sirt hodisalari, eritmalar, kvant kimyosi haqidagi taʼlimotlar, molekulalar, ionlar, radikallarning tuzilishi va xossalari toʻgʻrisidagi taʼlimotlar Fizik kimyoning asosiy boʻlimlari hisoblanadi. Fizik kimyo deyarli mustaqil boʻlim sifatvda elektrokimyo, fotokimyo, kristallokimyo, radiatsion kimyo, fizik kimyoviy analiz kabi boʻlimlarni ham oʻz ichiga oladi.

1840-y. da G. I. Gess F. k. ning asosiy krnunlaridan biri — kimyoviy oʻzgarishlarda issiklik yigʻindisining doimiyligini kashf kildi. 19-a. oʻrtalarida P Bertlo va daniyalik termokimyogar X. Tomsen reaksiya issiqliklari haqidagi tasavvurlari bilan Fizik kimyoga katta hissa qoʻshdilar. Nemis olimi V. Ostvald 1887-y. Leypsig un-tida ilk bor F. k. kafedrasini tashkil qildi.

Fizik kimyo 19-a. oxirlarida mustakil fan sifatida ajralib chikdi. Fizik kimyoning 19-a. ning 2yarmi va 20-a. boshlarida rivojlanishining oʻziga xos tomoni makroskopik, yaʼni bevosita tekshirilayotgan sistema va jarayonlarni oʻrganishdan iborat boʻldi. Ideal gazlar holat tenglamasi uzilkesil aniklab berildi (B. Klapeyron, S. I. Mendeleyev). Termodinamika qrnunlari kimyoviy va fazalar muvozanatlariga tatbiq etildi (J. Gibbs, Ya. VantGoff, V. Nernst, A. Le Shatelye, N. S. Kurnakov, G. Tamman), makroskop ik kinetika asoslari (K. Guldberg, P. Vaage, N. I. Beketov, Ya. VantGoff) ishlab chiqildi, reaksiyaning aktivlanish energiyasi xakidagi tasavvur kiritildi (S. Arrenius). M. Faradey asos solgan kataliz haqidagi tasavvur yanada rivojlantirildi. Adsorbsiyaning asosiy krnunlari taʼriflab berildi (J. Gibbs). Suyultirilgan eritmalarning termodinamik nazariyasi olgʻa suriddi (F. Raulʼ, Ya. VantGoff, S. P. Konovalov). Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi yaratildi (S. Arrenius). Galvanik elementlar uchun elektrod potensiallari tushunchasi kiritildi (V. Nernst). F. k. ningshutaraqqiyot bosqichida qoʻlga kiritilgan tadqiqot natijalari sanoatga tatbiq etildi (ammiak sintezi, tuz qazib olish, baʼzi metallurgiya jarayonlari, haydash, rektifikatsiya va b.).

19-a. oxiri va 20-a. boshlarida tibbiyot fanlari sohasidagi yirik kashfiyotlar — rentgen nurlari, elektron, radioaktivlik hodisasining ochilishi, spektroskopiyaning rivojlanishi Fizik kimyoning yangi bosqichi uchun zamin boʻldi. Elektronlarning atom va molekulalarda harakatlanishi qonunlarining (kvant mexanika krnunlari) ochilishi kvant kimyosining paydo boʻlishiga olib keldi, bu oʻz navbatida, kimyoviy bogʻlanish, valentlik, kimyoviy birikmalarning tuzilishini yangicha talkin qilib berishga imkoniyat tugʻdirdi.

Fizik kimyo turli fizikaviy eksperimental tadqiqot usullaridan foydalanib, kimyoviy reaksiyalarning molekulyar mexanizmini mufassal tushuntirib berdi. Fizik kimyo anorganik, organik va analitik kimyo sohasidagi tadqiqotlar uchun xam, kimyoviy texnologiyaij ishlab chiqarish uchun ham nazariy asos boʻdsi. 20-a. ning 50 — 70-y. larida Fizik kimyoning koʻpgina sohalari tez rivojlandi va molekulalar, ionlar, radikallarning turli fizikkimyoviy jarayonlardagi tabiatini muftassal oʻrganadigan yangi yoʻnalishlar vujudga keldi. Dissotsiatsiya, ionizatsiya va fotoionizatsiya energiyasi tadqiq qilindi. Elektr razryadlaridagi reaksiyalar, quyi trali plazmadagi jarayonlar (plazmalar kimyosi), sirt hodisalarining qattiq jismlar xossalariga taʼsiri (fizik kimyoviy mexanika) muvaffaqiyatli oʻrganildi, polimerlar F. k. si gazlar elektrokimyosi va b. rivojlandi. Oʻzbekistonda Fizik kimyoning rivojlanishida ~Q. U. Usmonov, h. R. Rustamov, N. A. Parpiyev va b. ning xizmatlari katta.

Ad.: Etki n s P., Fizicheskaya ximiya, per. sang.,t. 12, M., 1980; Axmerov K,., Oʻzbekiston kimyogarlarining muvaffaqiyatlari, T., 1987; Rustamov H. R., Fizik kimyo, T., 2000.

Qudrat Axmerov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x