FIVA

FIVA (yun. Thebai, misrcha Uaset) — Qad. Misrning eng yirik shaharlaridan va badiiy markazlaridan biri. Fiva mil. av. 3ming yillik oʻrtalaridan maʼlum. Misrning barcha hududlarini birlashtirgan 11 sulola firʼavnlari davrida (mil. av. 22-a. oʻrtasi — 20-a.) F. poytaxt boʻlgan va Oʻrta va Yangi podsholiklar davrida garchi firʼavnlar boshqa shaharlarni oʻzlariga qarorgoh tutgan boʻlsalarda poytaxtligicha qolgan. Mil. av. taxm. 730-y. Kush podshosi Pianxa Fivani bosib olgan. Ossuriya podshosi Ashshurbanipal mil. av. 663-y. F. ni vayron qilgan va mamlakatning siyosiy va iqtisodiy markazi Shim. ga koʻchirilgan; F. oʻz rolini yoʻqotgan va mil. av. 88y. gacha, yaʼni Ptolemey IX Soter tomonidan vayron kilinmaguncha diniy markaz sifatida rol oʻynagan. Fivada arxeologik qazish ishlari 19-a. ning 1yarmidan turli mamlakatlar olimlari tomonidan olib boriladi. Fiva xududida yirik ibodatxonalar majmui, nekropollar, firʼavnlar maqbaralari, firʼavnning 2 ta ulkan haykali va b. saqlanib kalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x