FITRAT

FITRAT (taxallusi; asl ismsharifi Abdurauf Abdurahim oʻgʻli) (1886, Buxoro — 1938,4,10, Toshkent) — yozuvchi, tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, sanʼatshunos va siyosatshunos olim, davlat va jamoat arbobi. Birinchi oʻzbek prof. (1926). Mir Arab madrasasipe. tahsil koʻrgan. 1902—03 y. larda haj safari munosabati bilan Turkiya, Hindiston va Arabiston mamlakatlarida, taxm. 1906—08 y. larda esa Markaziy Rossiyaning Moskva, Peterberg singari shaharlarida boʻlgan. Shundan keyin Fitrat oʻqishni davom ettirish istagida Turkiyaga borib, 1909—13 y. larda Istanbulda yashagan. Fitrat oʻsha vaktda Turkiyada kuchaygan Yosh turklar harakati taʼsirida Turkiyadagi buxorolik yoshlar yordamvda «Buxoro taʼlimi maorif jamiyati»ni tuzadi. Jamiyat Buxoro va Turkiston maorifining olgʻa siljishiga doir muhim ishlarni amalga oshiradi.

F. Turkiyada tahsil olish, maʼruzalar oʻqish bilan birga samarali ijod ham qilgan. 1909-y. Istanbulda uning fors tilida yozgan «Munozara», «Sayha» («Naʼra») sheʼriy majmuasi, 1912-y. esa «Sayyohi hindi» («Bayonoti sayyoqi hindi») asarlari nashr etilgan. Keyinchalik Fitratning millatchi, turkparast va islomparast yozuvchi sifatida qoralanishiga sababchi boʻlgan bu asarlar 20-a. boshlarida Turkistondagi milliy uygʻonish harakatining norasmiy dasturi boʻlib xizmat qilgan. Ayniqsa, «Munozara» va «Sayyohi xindi» asarlari yoshlar dunyoqarashining keskin oʻzgarishi va ularning jadidlar safiga kelib qoʻshilishiga sababchi boʻlgan.

Fitrat vataniga qaytgach, Buxoroning turli tumanlarida oʻqituvchilik qilib, jadidchilik gʻoyalarini keng targʻib etdi. Yosh buxoroliklar harakatining mafkurachisi va gʻoyaviy rahbarlaridan biriga aylandi. 1915-y. dan esa Yosh buxoroliklar harakatining soʻl qanotiga boshchilik qildi. 1917-y. Fevral vokealaridan keyin jadidlarning Buxoro amirligidagi ahvoli murakkablashgach, F. Samarqandga koʻchib borib, «Xurriyat» gaz. da muharrir boʻlib ishladi (1917—18). Ayrim maʼlumotlarga karaganda, Fitrat shu yillarda «Ittixrdi taraqqiy» tashkiloti Eski Buxoro boʻlimining raisi xam boʻlgan. Kolesoye vokeasi (1918-y. mart)dan keyin esa Toshkentga koʻchib kelgan. 1919—20 y. larda Afgʻonistonning Toshkentdagi vakolatxonasida tarjimonlik qilgan, «Chigʻatoy gurungi» maʼrifiyadabiy uyushmasini, shuningdek, «Tong» jur. ini tashkil etib, yosh ziyolilar avlodini millatparvarlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga kirishgan. «Tong» jur. ining shiori boʻlgan: «Miya oʻzgarmaguncha boshqa oʻzgarishlar negiz tutmas!» soʻzlari Fitratning shu yillarda olib borgan faoliyatining maqsadmohiyatini toʻla ifodalaydi.

BXSR tashkil topishi bilan Fitrat 1921-y. da maorif, 1922-y. da xorijiyatashqi ishlar noziri, xalq xoʻjaligi kengashi raisi, MIQ va Xalq nozirlari shoʻrosi raisining oʻrinbosari va b. lavozimlarda xizmat qildi. U shu davrda BXSR mablagʻi hisobiga 70 nafar turkistonlik istiqbolli yoshlarning Germaniyaga borib oʻqishi, Buxoroda Sharq musiqa maktabining tashkil etilishi, fan va madaniyat tarixiga doyr xalq qoʻlida sochilib yotgan noyob qoʻlyozmalarni toʻplashda tashabbuskor boʻldi. Fitratning saʼyharakati b-n Buxoro jumhuriyatida turk (uzbek) tili davlat tili deb eʼlon qilindi; davlat teatri tashkil etilib, bu teatrda ishlash uchun Toshkentdan M. Uygʻur va Choʻlpon, vaqf ishlarini boshqarish uchun esa M. Abdurashidxonov taklif etildi (1921). Ammo 1923-y. iyunda Moskvadan Ya. E. Rudzutak boshchiligida kelgan komissiya F. ni ishdan olib, uni Rossiyaga «chaqirib olingan», deb eʼlon qildi va Fitrat 1923—26 y. larda Moskvaga borib, Sharqshunoslik i. t. intida ishladi. 1926-y. ning oxiri — 1927-y. ning boshlarida vataniga kaytgan Fitrat 1937-y. da hibsga olinguniga qadar Samarqanddagi Oliy pedagogika in-ti hamda Toshkentdagi Til va adabiyot intida ilmiy faoliyat olib bordi.

Fitrat ijodini shartli ravishda 3 davrga boʻlish mumkin. Agar Fitrat 1909—16 y. larni tashkil etgan 1davrda jadid maʼrifatparvari sifatida ijod qilgan boʻlsa, 1917-y. Fevral inqilobidan keyin Moskvaga surgun qilinguniga qadar boʻlgan 2davrda hurriyat va mustaqillik gʻoyalari b-n toʻyingan asarlar yozadi (1917—23). Sovet maxfiy xizmatining doimiy nazorati ostida yashagan Fitrat ijodining 3davri (1923 — 37)da asosan ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shugʻullanadi.

Fitratning adabiy merosi boy va rangbarang. U yozuvchi sifatida badiiy ijodning barcha turlarida qalam tebratibgina qolmay, oʻzbek adabiyotining yangi janr va turlar bilan boyishi, sheʼr tuzilishining isloh etilishi, realizmning teranlashishi, davr, jamiyat va xalq hayoti bilan bogʻliq muhim ijtimoiy muammolarning oʻzbek adabiyotida badiiy talqin etilishiga ulkan hissa qoʻshdi.

Sheʼriy ijodi. Fitrat zullisonayn yozuvchi boʻlib, adabiy faoliyatining dastlabki davrida asosan fors tilida ijod qilgan («Sayha»). F. ning bizga yetib kelgan oʻzbek tilidagi sheʼrlari 1917-y. va undan keyingi davrga oid. Maʼlumki, Fevral inqilobidan keyin Turkiston xalkdarining mustaqillikka erishishlari uchun birdanbir tarixiy imkoniyat tugʻilgan. Fitrat shu davrda xalqni mustamlakachilik kishanlarini parchalab, istiklol uchun kurashga daʼvat etuvchi sheʼrlar yozishga kirishgan. Ammo anʼanaviy aruz vazni, uning nazarida, bunday zamonaviy toyani ifodalash, xalkni oyoqqa qalktirish va safarbar etish kuchiga ega emas edi. Shuning uchun ham Fitrat turk va tatar sheʼriyatlarida shakllangan, oʻzbek xalq ogʻzaki sheʼriyatida ayrim unsurlari boʻlgan sochmani milliy adabiyotimizga olib kirdi. Shoir «Yurt qaygʻusi» deb nomlangan bir sheʼr va 4 ta sochma yozib, ularda hurriyat uchun kurash gʻoyasini baralla kuyladi. Fitrat mazkur sochmalarida Turkistonni xurlangan va xorlangan Ona obrazida tasvirlab, bu jabrdiyda Onani zulm asoratidan xalos etish uchun Amir Temur singari jaxrngirlar ruhiga murojaat etdi, xalqni erk va hurriyat uchun kurash maydoniga daʼvat etdi. U shu yillarda «Mirrix yulduziga», «Sharq», «Shoir» singari sheʼrlarini yaratib, ularda Turkistonni endi «qizil» mustamlakaga aylantira boshlagan bolsheviklarga va ular barpo etayotgan tuzumga nafrat tuygʻusini ifodaladi. Fitrat barmoq vaznida yozilgan shu sheʼrlari bilan xalq ogʻzaki sheʼriyatining mulki boʻlgan barmoqni isloh etib, Choʻltton bilan birga uni yozma adabiyotga olib kirdi va unga yangi hayot bagʻishladi. «Oʻzbek yosh shoirlari» (1922) sheʼriy majmuasining tuzuvchisi va asosiy muallifi. Afsuski, Fitrat bu sheʼrlaridan keyin sheʼriyat sohasida qariyb ijod qilmadi.

Nasriy ijodi. Oʻtgan asrning 10-y. larida sahna asari sifatida namoyish etilgan «Munozara» F. ning nasrdagi ilk asaridir. «Munozara» ham, «Sayyohi hindi» ham Fitrat publitsistikasining yerqin namunalaridan. Fitrat keyinchalik ham ijtimoiy, huquqiy, maʼnaviy hamda estetik qarashlarini ifodalashda publitsistikadan samarali foydalandi. Faqat 20-y. larning oʻrtalariga kelibgina u «sof» nasriy asarlarni yarata boshladi («Qiyomat», «Meʼroj», «Oq mozor», «Zayd va Zaynab», «Zahroning imoni» va b.). «Munozara» va «Sayyohi hindi» asarlarida koʻtarilgan milliy qoloqlik, diniy fanatizm mavzusi 20-y. lar uchun ham dolzarb axamiyatga ega edi. Fitrat bu hikoyalarida diniy syujetlardan din taʼsiriga qarshi kurashda foydalandi. Bu asarlar, ayniqsa, 1930-y. da qayta ishlagan «Qiyomat» xayoliy hikoyasi hoz. oʻzbek adabiyotida fantastikaning tugʻilishi va shakllanishida milliy manba boʻlib xizmat etdi.

Dramaturgiyasi. Fitrat 1916-y. dan boshlab teatr uchun koʻplab asarlar yaratdi. Ammo uning nafaqat 1916—18 y. larda yozgan «Begijon», «Qon», «Abo Muslim», «Temur sagʻanasi», «Oʻgʻizxon» singari pyesalari, xatto 30-y. larda yozgan «Toʻlqin» opera librettosi (1934) ham bizga yetib kelmagan. Maʼlumki, Fitratning 5 pardali «Begijon» pyesasida dehqonlarning xon zulmiga qarshi koʻtargan isyonlari tasvir etilgan, «Temur sagʻanasi» pyesasida esa muallifning «Yurt qaygusi (Temur oldinda)» sochmasidagi istiklol uchun kurash goyasi oʻzining badiiy tajassumini topgan. Fitrat shu yillarda yozgan boshqa sahna asarlarida ham tarixiy oʻtmishga murojaat etganiga qaramay, bolsheviklarning Turkistonda olib borgan gʻayrimilliy siyosatiga faol munosabat bildirib, zulm va zoʻravonlikka asoslangan «yangi tuzum»ni keskin qoralagan. Fitrat ijodining shu davrdagi yetakchi motivi — bolshevizmga qarshi istiqlol uchun kurash goyasi «Chin sevish» (1920) va «Hind ixtilolchilari» (1923) pyesalarida, ayniqsa, yorqin ifodalangan. Dramaturg Turkistonda Sovet hokimiyati yillarida sodir boʻlayotgan fojiali voqealarni Angliyaning mustamlakasi boʻlgan Hindistonga koʻchirib, ingliz mustamlakachilariga qarshi kurashayotgan hind ixtshyulchi (istiqlolchi)lari siymosida, maʼlum maʼnoda, oʻz vatandoshlari obrazini yaratdi. J. Neruning eʼtirof etishiga koʻra, Fitratning bu asarlari hind xalqining mustamlakachilikka qarshi olib borgan kurashiga kuch va madad bergan.

F. Moskvadalik paytida «Abulfayzxon» va «Shaytonning tangriga isyoni» (1924), ona yurtiga qaytganidan keyin esa «Arslon» (1926), «Shoʻrishi Vose» («Vose qoʻzgʻoloni», 1927), «Toʻlqin» pyesalarini yezdi. Bu asarlar orasida «Abulfayzxon» oʻzining shekspirona epik koʻlami bilan alohida ajralib turadi. Mazkur pyesa asosida ashtarxoniylar sulolasining soʻnggi vakili Abulfayzxon saltanatining tanazzuli (18-a.) natijasida Buxoroda mangʻit amirlarining hokimiyat tepasiga kelishlari bilan bogʻliq tarixiy voqealar yotadi. Fitratning olis tarixiy davrga nazar tashlashdan maqsadi «Podsholik kon bilan sugorilgan bir ogʻochdir, Qon oqib turmagan yerda bu daraxtning qurib qolishi aniqsir» degan «falsafa» bilan yashagan va oʻzi ham shu gʻayriinsoniy «falsafa»ning qurboni boʻlgan Abulfayzxon singari qonxoʻr podsholarni tarix qaʼridan olib chikib, xalqqa koʻrsatishdir. Fitrat bu asari bilan bolsheviklar tuzumi 20-a. ning Abulfayzxoni — Stalinni yaratishi va uning bepoyon mamlakatni qonga botirishini bashorat etdi. Shu maʼnoda mazkur tragediya F. zakosi bilan yaratilgan xalqni ogohlantiruvchi asardir.

«Abulfayzxon»ning badiiy qimmati shundaki, Fitrat asarda shekspirona qabartma tip va xarakterlarni yaratdi, zulmga asoslangan saltanat tojining otadan bolaga oʻtib kelishi natijasida paydo boʻluvchi qonli oqibatlarni haqqoniy tasvirladi. Fitrat bu asari bilan oʻzbek adabiyotida tragediya janriga asos solib, mazkur janrning asosiy tamoyillarini belgilab berdi.

Ijtimoiy huquqiy, diniy va maʼrifiy asarlari. Fitrat ilmfan va maʼrifatning turli sohalarida ham teran iz krldirdi. U. 1914—16 y. lardayoq «Rahbari najot» («Najot yoʻli»), «Oila» va «Mavludi sharif yoki Murʼoti xayr ulbashar», 1917—20 y. larda «Oʻqu» («Oʻquv»), «Sharq siyosati» va «Yigʻla, Islom», 1925-y. da esa «Muxtasar islom tarixi» singari asarlarini eʼlon qildi. Fitrat mazkur asarlarida, bir tomondan, shu yillarda roʻy bergan siyosiyijtimoiy masalalarga munosabatini ifodalagan boʻlsa, ikkinchi tomondan, musulmon olami uchun oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan yoki muayyan tarixiy davrda saqlanib qoladigan maʼnaviy va maʼrifiy qadriyatlarni tushuntirib berdi. Fitrat bu asarlarida millatning nafakat siyosiyijtimoiy, balki diniymaʼrifiy masalalarda ham yetarli darajada bilimga ega bulmaganini eʼtiborga olib, har bir musulmonning bilishi lozim boʻlgan bir qator masalalarga yorqinlik bagʻishladi. Fors tilida yozilgan «Rahbari najot» risolasida tafsir, hadis, fiqh, kalom ilmlari, shuningdek, lisoniy, falsafiy, dunyoviy ilmlar toʻgʻrisida aniq tasavvur berdi; avlod, badan, fikr, axloq tarbiyasiga oid falsafiyetik qarashlarini olgʻa surdi. Fitratning «Oila» risolasida esa oilaning jamiyat va inson hayotidagi rolini oshirishga, oila aʼzolarining huquqiy meʼyorlarini belgilashga qaratilgan fikr va mulohazalari yanada rivojlantirildi.

Fitratning maktab oʻquvchilariga moʻljallangan «Oʻqu» («Oʻquv» 1917-y., Boku) qoʻllanmasi vatan, dunyo, tabiiyot, tibbiyot va gigiyena singari masalalar, shuningdek, oʻtmishda yashagan allomalar haqida tasavvur beradi (nomaʼlum sabablarga koʻra, ushbu qoʻllanmaning 2qismi yozilmagan).

Fitrat huquqiy davlat qurish va uning rivojini taʼminlash maqsadida 1918-y. da Yosh buxoroliklar partiyasining 13 bobdan iborat dasturini yozib berdi. Bu dasturda olimning ijtimoiysiyosiy va huquqiy qarashlari oʻzining chuqur ifodasini topdi.

Tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid asarlari. Fitrat oʻzbek tilining grammatikasini oʻrganish ishini boshlab bergan va shu soha rivojiga katta hissa qoʻshgan. U 1918-y. da Q. Ramazon va Sh. Rahimiy b-n hamkorlikda «Ona tili» darsligini yaratdi. 1921-y. da Toshkentda boʻlib oʻtgan Til va imlo qurultoyida Fitrat oʻzbek tilining sofligini taʼminlash va rivojlantirishga qaratilgan bir qancha takliflarni oʻrtaga tashladi. U 20-y. larda oʻzbek tili tabiatini oʻrganishda davom etib, «Oʻzbek tili qoidalari toʻgʻrisida bir tajriba: Sarf» (1925), «Oʻzbek tili qoidalari toʻgʻrisida bir tajriba: Nahv» (1926) darsliklarini yaratdi va bu darsliklar 1930-y. ga qadar bir necha marta nashr etildi. Olim oʻzbek tili morfologiyasi va sintaksisiga bagʻishlangan bu asarlari bilan oʻzbek tili grammatikasini ilmiy asosda oʻrganish ishiga tamal toshini qoʻydi. Fitratning tilshunoslik sohasidagi katta xizmatlaridan yana biri uning 20-y. larda qad. turkiy til, jonli xalq tili va shevalarga tayangan holda, ilmiymadaniy muomalaga kirib kelayotgan yangi tushuncha hamda hodisalarni ifodalash uchun oʻzbek tilining lugʻat fondiga yangi soʻzlar va atamalarni koʻplab olib kirganligidadir.

Olim «Eng eski turk adabiyoti namunalari» (1927), «Oʻzbek adabiyoti namunalari» (1j., 1928) tazkiralarini tuzib, milliy adabiy merosimizning eng qad. davrdan soʻnggi davrlarga qadar yaratilgan namunalarini toʻplab, muayyan tizimga soldi («Namunalar»ning 2jildi eʼlon qilinmay qolgan), «Qutadgʻu bilig» singari oʻzbek yozma adabiyotining xalq orasida sochilib yotgan noyob yodgorliklarini qoʻlga kiritish, oʻrganish va chop etishga intildi. Oʻzbek adabiyoti yirik namoyandalari ijodini ilk bor oʻrganib, «Bedil» (Bir majlisda)» (1923), «Navoiyning forsiy shoirligi va uning forsiy devoni toʻgʻrisida», «Qutadgʻu bilig» (1925), «Ahmad Yassaviy» (1927), «Yassaviy maktabi shoirlari toʻgʻrisida tekshirishlar», «Hibbat ulhaqoyiq», «Oʻzbek shoiri Turdi» (1928), «XVI asrdan soʻngra oʻzbek adabiyotiga umumiy bir qarash», «Muhammad Solih», «Fors shoiri Umar Xayyom» (1929), «Mashrab», «Farhodu Shirin» dostoni toʻgʻrisida» (1930) kabi katta ilmiy qimmatga ega risola va maqolalar yaratdi. Fitrat bu tadqiqotlari bilan oʻzbek adabiyotshunoslik faniga poydevor qoʻydi. «Sheʼr va shoirlik» (1919), «Adabiyot qoidalari» (1926), «Sanʼatning manshai» (1927), «Aruz haqida» (1936) singari maqola va risolalari bilan adabiyot nazariyasi faniga asos soldi.

Bundan tashqari, Fitrat tarixshunoslik va sharqshunoslik sohalariga oid fors tilida maqola va risolalar ham yozdi («Amir Olimxonning kechmishi», 1930). 1921-y. B. Soliyev va B. S. Sergeyev b-n birgalikda amirga qarashli nodir qoʻlyozmalar, vaqf hujjatlarini yigʻish, ularga tartib va tavsif berishda ishtirok etdi. B. S. Sergeyev bilan birgalikda V. L. Vyatkin arxivida saklangan krzilarga oid hujjatlarni oʻrganib, rus tilida «Kaziyskiye dokumentы XVI veka» (1937) kitobini nashr etdi.

Sanʼatshunoslikka oid xizmatlari. Fitrat 1921-y. da Sharqmusiqa maktabini tashkil etib, uning birinchi direktori boʻlgan. Maktabga mumtoz musika bilimdonlari (sozanda va xonandalar) bilan birga V. A. Uspenskiy singari musiqashunoslarni ham taklif etdi. U shu vaqtdan boshlab «Shashmaqom» kuylarini toʻplash va notaga yozib olish ishlariga rahbarlik qildi. Fitrat tashabbusi b-n Ota Jalol va ota Gʻiyosdan Buxoro Shashmaqomi V. Uspenskiy tomonidan ilk bor notaga olinib nashr etildi [Shest muzыkalnыx poem (makom), BuxaraM., 1924]. F. «Shashmaqom», «Oʻzbek musiqasi tugʻrisida» maqolalari va «Oʻzbek klassik musiqasi ham uning tarixi» (1927) risolasi bilan 20-a. oʻzbek musiqashunoslik fanini boshlab berdi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1991-y. 25 sent. da Fitratga (vafotidan keyin) Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti beridsi. Buxoro shahrida Fitrat bogʻi va uymuzeyi tashkil etildi. Buxoroda Fitrat haykali urnatilgan. Respublikadagi bir necha maktab, kucha va xoʻjaliklar Fitrat nomi b-n ataldi.

As: Qiyomat, T.,1967; Muxtasar islom tarixi, T., 1992; Amir Olimxonning hukmronlik davri, T., 1992; Bedil, T., 1996; Chin sevish, T., 1996; Adabiyot qoidalari, T., 1995; Aruz haqida, T., 1997; Oila yoki oila boshqarish tartiblari, T., 1998; Najot yoʻli, T., 2001; Tanlangan asarlar, 1—3j. lar T., 20002003; Ad.: Aliyev A., Abdurauf Abdurahim oʻgʻli Fitrat, T., 1984; Fidoyilar, T., 1990; Qosimov B., Maslakdoshlar. Behbudiy. Ajziy. Fitrat, T., 1994; Gʻaniyev I., Fitrat, eʼtiqod, ijod, T., 1994; Gʻaniyev I., Fitratshunoslik, Buxoro, 1994; Boltaboyev H., Abdurauf Fitrat, T., 1996; Boltaboyev H., Fitratning ilmiy merosi, T., 1996; Qurbonova M., Fitrat — tilshunos, T., 1996; Ergasheva M., Abdurauf Fitrat — buyuk huquqshunos, T., 2001; Kosim o v B., Milliy uygʻonish, T., 2002.

Naim Karimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x