FITOPATALOGIK EKSPERTIZA

FITOPATALOGIK EKSPERTIZA — q. x. ekinlari urugʻligi va oʻsimliklardagi kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarni dastlabki tekshirish. Asosan, kasallikka chalingan q. x. ekinlari namunalari va urugʻlardagi kasalliklarni (qorakuya, gelʼmintosporioz, gommoz, vilt va b.) aniklash uchun oʻtkaziladi. Fitopatalogik ekspertiza vazifalari saprofit va parazit mikroorganizmlarning tur tarkibini, urugʻlikning zararlanish darajasini aniklash; ularni zararsizlantirish usullari (quritish, qizdirish, dorilash, yaroqsizlarini ajratib olish, fumigatsiyalash va b.) boʻyicha tavsiyalar ishlab chikish. Fitopatalogik ekspertiza tadbirlari bilan karantin inspeksiyasi shugʻullanadi.

Fitopatalogik ekspertiza usullari: biologik usulda urugʻlar steril sharoitlarda, aksariyat ozuqa muhitida undiriladi; mexanik usulda urugʻlarning zararlangani koʻzdan kechiriladi va urugʻlikni yuvib, suv mikroskopda tekshiriladi (bunda makrosporioz yoki alternarioz konidiyalarini topish mumkin); serologik usulda amaliy va nazariy masalalar — urugʻlik va oʻsimlikning kasallik qoʻzgʻatuvchilari bilan zararlanganligi, zamburugʻ, bakteriya va viruslarning tur va irqi, oʻsimliklardagi yashirin virusli kasalliklar aniqlanadi.

Urugʻlik materialni jahon mamlakatlari oʻrtasida ayirboshlash tobora kengayib borayotgan hoz. sharoitlarda Fitopatalogik ekspertiza alohida ahamiyatga ega. Ekinlarni mamlakatning yangi hududlariga joriy etishda ham Fitopatalogik ekspertiza muhim oʻrin tutadi. Biron hududda hali uchramagan oʻsimlik kasalliklarining chetdan kelib qolishiga va xavfli kasalliklarning tarqalib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan karantin tadbirlari tizimida chetdan keltyrilayotgan oʻsimlik obyektlarining sogʻlomlik holati Fitopatalogik ekspertiza orqali aniklanadi (q. Karantin).

Mirakbar Zufarov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x