FITING

FITING (ing. fi t — yigʻish) — trubalarni ulash, ularning tarmoqlangan, burilgan, bir xil diametrdan ikkinchi xil diametrga oʻtadigan joylariga qoʻyish hamda ayrim joylarini butunlay berkitish uchun moʻljallangan rezbali detal. Vazifasiga koʻra, muftalar, tirsaklar, xocheimon, berkituvchi tiqin, berkituvchi qopqoq, egarcha, nippel, birlashtiruvchi gayka, futorka va b. xillarga boʻlinadi. Bir xil diametrli trubalarni birlashtiruvchi Fiting toʻgʻri, har xil diametrli trubalarni birlashtiruvchi Fiting oʻtish Fitingi deb ataladi. Fiting bolgʻalanuvchan choʻyan, poʻlat, plastmassa va b. materialldan yasaladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x