FISHER Ernst Otto (1918.10.11, Solna) — nemis organik kimyogari. Myunxen oliy texnika maktabini tugatgach, shu maktabda ishlagan (1949-y. dan), prof. (1964-y. dan). Ilmiy ishlari metallorganik birikmalar kimyosiga oid. Texnetsiy (Ts) va transuran elementlarning [plutoniy (Ri) dan kaliforniy (Cf) gacha] metallorganik hosilalarini sintez qilgan, uglerod bilan 5f elektron konfiguratsiyali metallar orasida kimyoviy bogʻ hosil boʻlishi mumkinligini aniqlagan. Ilk bor oraliq metallarning barqaror karben komplekslarini olgan, oraliq metall — ikki valentli uglerod bogʻining fizik xossalarini mukammal oʻrgangan (1964), metallarning karbin komplekslarini sintez kilgan (1973). Nobel mukofoti laureati (1973, J. Uilkinson bilan hamkorlikda).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые