FIQH

FIQH (arab. — bilish, tushunish) — musulmon huquqshunosligi, shariat qonunqoidalarini ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi islom taʼlimotining bir sohasi. «Fiqh» soʻzi atama sifatida Qurʼon va hadislarda qoʻllanilgan. Fiqh islom dini vujudga kelib, xalifalik qaror topishi bilanoq darhol tarkib topgan emas. Fiqhning qaror topishi Muhammad (sav) hadislari va choryorlarning aytgan gaplarini yozib olish bilan birga davom etgan. Zayd ibn alHasanning «Majmuʼ alfiqh», Molik ibn Anasning «alMuvattaʼ», Ibn Hanbalnint «alMusnad» kitoblari Fiqhga oid dastlabki asarlar hisoblansada, ular muayyan mavzuda tanlab olingan hadislardan iborat edi. Fiqh ilmi 10-a. ga kelib mustaqil fan sifatida shakllangan. Fiqh bilan shugʻullanuvchi, uni oʻrganuvchi kishi faqih (qonunshunos) deb atalgan. Movarounnahrda Burhoniddin Margʻinoniy, Abu Lays Samarqandiy va b. mashxur faqihlar hisoblangan. Fiqh islom xuquqshunosligi sifatida 2 sohada — shariat manbalarini ishlab chiqish (usul alfiqh) va shariatni tayin sohalarga tatbiq qilish (furuʼ alfiqh)dan iborat boʻlgan. Islomning sunniylik yoʻnalishi xuquqshunosligida 4 ta mustaqil huquq mazhablari — hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik va hanbaliylik vujudga kelgan. Fiqhda boshqa maktablar xam mavjud edi, biroq 14-a. ga kelib, mazkur 4 mazhab hamda bir necha shialik tariqatlarigina saqlanib qolgan. Oʻrta asrlarda va yangi davrda Fiqhga oid asarlar orasida fatvo toʻplamlari koʻpaydi. AlKuduriyning (1037-y. v. e.) «Muxtasar», Qozixonning (1196-y. v. e.) «Fatovo», Burhoniddin Margʻinoniyning «Hidoya», Ibn Bazzozning (1414-y. v. e.) «Fatovo» asarlari bunga misol boʻladi. Ular ichida «Hidoya» asari hanafiylik mazhabida katta shuxrat qozongan amaliy qoʻllanmadir. «Hidoya»ga bir qancha sharhlar yozilgan. Musulmon faqihlarining koʻp asarlari qozi va muftilar uchun dasturilamal boʻlgan, koʻpincha maʼmurlarning buyurtmasi bilan davlat mahkamalari uchun maxsus kitoblar yozib berilgan: Abu Yusufning (798-y. v. e.) «Kitob alxaraj»i yoki boburiylar saltanatining hukmdori Avrangzeb (1658—1707) amri bilan 1669-y. da bir guruh hanafiy huquqshunoslar tuzgan «alFatovo alhindiya» asari va b. Islom mamlakatlari huquq tizimida Fiqhning roli doimo bir xil boʻlgan emas. Jumladan, 16-a. da usmonli turk saltanatida va 17-a. 2yarmida boburiylar davlatidagi huquqiy amaliyotda uning kridalari juda keng va izchil qoʻllanildi. Biroq, umuman Fiqh huquqshunoslik bilan toʻlatoʻkis moye kelgan emas. Fiqhning hokimiyat tepasidagi kuchlarning manfaatlarini ifodalagan va davlat tomonidan bironbir tarzda qoʻllabquvvatlangan qoidalarigina amaldagi huquqqa aylangan, faqixlarning boshqa xulosalari esa huquqiy nazariya doirasidan tashqari chiqmagan. Hoz. vaqtda islom mamlakatlarida dunyoviy huquq tizimi amalga kiritilmokda, bu esa Fiqh taʼsir doirasining muayyan darajada torayishiga olib kelmoqda. Shunday boʻlsada, Fiqhning ayrim tarmoqlari, tartibqoidalari va meʼyorlari koʻpchilik aholisi musulmon boʻlgan Sharq mamlakatlarining aksariyatida bironbir tarzda qoʻllaniladi.

Ad.: Burhoniddin Margʻinoniy, Hidoya, T., 2000; Abdul vahhob Xallof, Usul ulfiqh (Islom qonunshunosligi asoyelari), 1—2 qism, T., 1997; 3—4 qism, T., 1999; Juzjoniy A. Sh., Islom huquqshunosligi, hanafiy mazhabi va Oʻrta Osiyo faqi^ari, T., 2002; Saidov A., Burhoniddin Margʻinoniy — buyuk huquqshunos, T., 1997; Xusniddinov 3., Ielom: yoʻnalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x