FILXNER ShELF MUZLIGI — Antarktida gʻarbidagi muzlik, Uedell dengiziga tushib boradi. Uzunligi gʻarbdan sharqka 200 km, shim. dan jan. ga 450 km gacha. Chekka qismidagi bal. 30 m, markaziy va ichki hududlarida 70—120 m, muz kalinligi ham shunga muvofiq tarzda 200 va 450—700 m. 1912-y. da V. Filxner boshchiligidagi nemis Antarktida ekspeditsiyasi tomonidan topilgan. Filxner shelf muzligida turli mamlakatlarning ilmiy styalari faoliyat koʻrsatadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые