FILOYOQ

FILOYOQ, elefantiaz — toʻqimalarda limfa dimlanishi oqibatida teri va teri osti yogʻ qavati kalinlashib, ayrim aʼzolar (mas, lab, burun, quloq, oyoq, yorgʻoq va b.) shishib, yoʻgʻonlashib ketishi bilan kechadigan kasallik. Limfa oqishining buzilishi va yoʻllarining toʻsilib qolishiga limfa tomirlaridagi yalligʻlanishlar (saramas, surunkali tromboflebit, oyoq panjasi va boddirdagi yaralar) sabab boʻladi. Tropik mamlakatlarda «Filoyoq» ning sababchisi limfa tomirlarida parazitlik qiladigan ipsimon filyariylar qisoblanib, ular iskabtopar chivini orqali tarqaladi. Moxov kasalligining teri qalinlashishi bilan kechadigan xili qadimda «yunon filoyogʻi» deb yuritilgan; kasallik ham birinchi bor yunon vrachlari tomonidan aniklangan.

Filoyoqda dastlab tovon bir oz shishadi; kasallik avj olganda shish astasekin panja, toʻpiq, boldir va songa tarqaladi, oyoq terisi dagʻallashib, kasal oyoq shakli besoʻnaqay boʻlib, fil oyogʻiga oʻxshab qoladi. Baʼzan oyoq terisida suyuqlik bilan toʻla ggufakchalar paydo boʻlishi mumkin. Filoyoqni faqat vrach davolaydi. Kasallikning oldini olish uchun shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, teridagi har qanday yalligʻlanish jarayonlarini oʻz vaktida davolash, yaralarning ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik zarur.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x