FILDING

FILDING, Filding (Fielding) Genri (1707.22.4, SharpemPark, Glastonberi yaqinida — 1754.8.10, Lissabon) — ingliz yozuvchisi. Ingliz maʼrifatparvarlik adabiyotining yirik vakili. Iton kollejida (1719 — 27), Leyden unti (Gollandiya, 1728 — 30) va Templ (London)dagi yuridik maktabda (1737—40) oʻqigan. 1730-y. dan dramaturg sifatida tanilgan. 25 ta komediya va farslar yaratgan. Satirik «Fojialar fojiasi» pyesasi (1730) Fildingga shuhrat keltirgan. «Templlik olifta», (1730), «Don Kixot Angliyada» (1734), «Paskvin» (1736), «1736-yilning tarixiy taqvimi» (1937) kabi komediyalarida poraxoʻr sudyalar, sotqin sayohatchilar, firibgar savdogarlar fosh etilgan. Keyinchalik Filding bu komediyalardagi satirik tanqidiy yoʻnalishni oʻzining romanlariga ham koʻchirgan. «Marhum Bukj Jonatan Uayld tarixi» (1743), «Topib olingan Tom Jons tarixi» (1749), «Ameliya» (1752) va b. romanlarida maʼrifatparvarlik gumanizmidagi inqirozning ayrim koʻrinishlari oʻz aksini topgan, sentimentaldidaktik ohanglar kuchaygan, shuningdek, oʻsha davr Angliyasi uchun dolzarb boʻlgan bir qancha ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va axloqiy muammolar koʻtarilgan. Filding oʻz romanlarini «komik epopeyalar» deb taʼriflagan. Yozuvchi ijodiga xos boʻlgan demokratik kayfiyatlar uning pamfletlarida ham yaqqol seziladi. Filding ijodi keyingi davrlar Angliya va Yevropa adabiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan. Ad.: Rodjers P., Genri Filding, M., 1984; Yelistratova A. A., Angliyskiy roman epoxi Prosveщyeniya, M., 1966.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x