FILATOV Aleksandr Nikolayevich (1930.1.10, Chelyabinsk viloyati) — matematik va mexanik olim. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1974), fizikamat, fanlari dri (1969), prof. (1970). Oʻrta Osiyo un-tining fizikamatematika f-tini tugatgan (1953). Oʻzbekiston FA Matematika va mexanika intida aspirant (1953—56), ilmiy xodim (1957 — 61). Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi intida, soʻng hisoblash markazli Kibernetika intida lab. mudiri (1961—69), direktor oʻrinbosari (1969—79). Rossiya Gidrometeorologiya markazi direktori (1979-y. dan). Ilmiy ishlari, asosan, differensial va integrodifferensial tenglamalar nazariyasiga asimptotik usullarni qoʻllashga oid. Filatov integral va integrodifferensial tenglamalarning oʻrtalashtirish va barkarorlash usullarini ishlab chiqqan.
As: Metodы usredneniya v differensialnыx i integrodifferensialnыx uravneniyax, T., 1971; Asimptoticheskiye metodы v teorii differensialnыx i integrodifferensialnыx uravneniy, T., 1974; Integralnыye neravenstva i teoriya nelineynыx kolebaniy, M, 1976 (v soavtorstve).