FILADELFIYA — AQSHning shim. sharqiy qismidagi shahar, Pensilvaniya shtatida, Delaver daryosining quyi oqimida, Atlantika okeani soqilida joylashgan. Aholisi 1,5 mln. kishi (2002). Dengiz porti. Transport yoʻllarining muhim chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. AQSH ning eng muhim sanoat, savdomoliya va madaniyat markazlaridan. Sanoati koʻp tarmoqli. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlikning turli sohalari: sanoat jihozlari i. ch., aviatsiya, raketa-kosmik, harbiy, kemasozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, radioelektronika sanoatlari, nazoratoʻlchov priborlari, t. y. vagonlari va lokomotivlar i. ch. Shuningdek, kimyo (jumladan, kimyofarmatsevtika, lokboʻyoq, neft kimyosi mahsulotlari i. ch.), neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, tikuvchilik, poligrafiya sanoatlari rivojlangan. Sellyulozaqogʻoz, oynashisha, toʻqimachilik, mebel sanoati korxonalari mavjud. Metropoliten qurilgan. Teatrlar, muzeylar, nafis sanʼat akademiyasi bor. Shaharga 1682-y. da asos solingan. Filadelfiyada 1776-y. da AQSH mustaqilligi eʼlon qilingan. 1790—1800-y. larda mamlakat poytaxti. Turizm rivojlangan. Harbiydengiz bazasi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые