FIKUS (Ficus) — tutdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Doim yashil, baʼzan barg toʻkuvchi daraxtlar, butalar yoki lianlar. Tropik oʻrmonlarda baland usadi. Koʻpchilik Fikus hosil qilgan havo ildizlari xoʻjayin oʻsimlik tanasini oʻrab olib, uni nobud qilishi mumkin. Fikuslar sut shira ishlab chiqaradi. Gullari sikon tipidagi toʻpgulni hosil qiladi, dumaloq yoki noksimon shaklda, uchki qismida teshigi boʻlib, bir jinsli mayda gullar joylashgan. 1000 ga yaqin turi maʼlum, asosan, Jan. Osiyoning nam tropik oʻrmonlarida tarqalgan. Pardaqanotli hasharotlar yordamida changlanadi. Ayrim turlari (anjir, sikemor) mevasi yeyiladi. Koʻpchilik Fikus larning yogʻochi ishlatiladi. Baʼzi turlari xushmanzara xona oʻsimliklari. Oʻzbekistonda 1 ta yovvoyi turi oʻsadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые