FIJI (Fiji), Fiji Suveren Demokratik Respublikasi (Sovereign Democratic Republic of Fiji) — Okeaniyada, Tinch okeanning jan. gʻarbiy qismida, Fiji o. larida joylashgan davlat. Mayd. 18,4 ming km2. Aholisi 856,3 ming kishi (2002). Poytaxti — Suva sh. Maʼmuriy jihatdan 4 okrugga boʻlinadi.
Davlat tuzumi. Fiji — Buyuk Britaniya Hamdoʻstligi tarkibidagi respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1970 i. qabul qilingan, 1997-y. da unga oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident, u qabila boshliklarining Katta kengashi tomonidan mahalliy fijiylar orasidan 5 y. muddatga tayinlanadi. Prezident bosh vazirni va qurolli kuchlar qoʻmondonini tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament — senat va vakillar palatasi, ijrochi hokimiyatni Vazirlar mahkamasi amalga oshiradi.
Tabiati. Fiji arxipelagi Melaneziyanmnt sharqiy qismidagi 300 dan ortiq oroldan iborat. Ularning yiriklari — VitiLevu, VanuaLevu. Orollarning egribugri qirgʻoqlari marjon riflari bilan oʻralgan, zamini granit, gneys va b. qadimiy kristall jinslardan tuzilgan. Yirik orollar relyefi bal. 1000 m dan yuqori togʻ tizmalari b-n ajralgan platolardan iborat. Eng baland joyi 1322 m (VitiLevu o. da). Sohil boʻylab ensiz tekislik joylashgan. Foydali qazilmalari: neft, mis, oltin, marganes. Yirik daryolari: Reva (100 km gacha kema qatnaydi), Singatoka, Mba (VitiLevu o. da). Iklimi tropik, okean iqlimi, sernam, oʻrtacha t-ra 25—28°. Yillik oʻrtacha yogʻin 1700—3500 mm. Vulkan jinslarining nurashidan hosil boʻlgan qizgʻish tuprogʻi unumdor. Togʻlarning shamolga roʻpara jan. sharqiy yon bagʻirlarida qimmatbaho yogʻoch olinadigan tropik oʻrmon va savannalar bor. Hayvonot dunyosida yirtqich hayvon va zaharli ilonlar yoʻq. Orollarga dunyoning boshqa joylaridan jonivorlar keltirilgan. Mushuk, echki va quyonlar uchraydi.
Aholisining aksariyati — fijiylar va fijilik hindlar; okeaniyaliklar, inglizlar, xitoylar ham yashaydi. Rasmiy til — ingliz tili. Shahar aholisi 46%. Dindorlari — xristian, hinduiy va musulmonlar. Yirik shaharlari: Suva, Lautoka, Lambasa.
Tarixi. Fiji o. larida dastlabki manzilgohlar mil. av. 2ming yillik oʻrtalarida paydo boʻlgan. Orollarga yevropaliklardan birinchi boʻlib gollandiyalik A. Tasman 1643-y. va ingliz J. Kuk 1774-y. borganlar. 1874-y. dan Buyuk Britaniya F. ni mustamlakaga aylantirdi. 1879y. dan mustamlakachilar shakarqamish plantatsiyalarida ishlatish uchun Hindistondan ishchilar olib kela boshladi. 1959-y. F. da milliy ozodlik harakati boshlandi. 1970-y. 10 okt. da Buyuk Britaniya mamlakatga mustaqillik berishga majbur boʻldi, ammo Buyuk Britaniya tomonidan tayinlanadigan generalgubernator hokimiyati saklanib qoldi. 1987-y. 25 sent. da Sitiveni Rabuka boshchiligida harbiy toʻntarish sodir boʻldi, 6 oktda generalgubernator lavozimi tugatiddi va Fiji respublika deb eʼlon qilindi. Fiji — 1970-y. dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 10 okt. — Mustaqillik kuni (1970).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. F. leyboristlar partiyasi, 1985-y. tuzilgan; Milliy federativ partiya, 1960-y. asos solingan; F. konservativ partiyasi, 1989-y. tashkil etilgan; F. siyosiy partiyasi — Songosongo ni Vakavuleva ni Taukei — SVT, 1990-y. asos solingan. Fiji kasaba uyushmalari kongressi, 1951-y. tuzilgan.
Xoʻjaligi. Fiji — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q. x. ning ulushi 22%, sanoatning ulushi 12%. Iqtisodiyotning yetakchi tarmogʻi — tropik dehqonchilik. Mamlakat hududining 11% dan koʻprogʻi q. x. ekinlari bilan band. Jamoa yer egaligi ustun. Bu yerlarda hind fermerlari eksport uchun shakarqamish yetishtiradi. Mahalliy axoliyey oʻz xoʻjaliklarida kokos palmasi, yams, taro, batat, banan, ananas, sitrus mevalar, kakao, tamaki, shuningdek, sholi, makkajoʻxori yetishtiradi. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, yilqi, echki, xonaki parranda boqiladi. Baliq ovlash rivojlangan. Yogʻoch tayyorlanadi. Oz miqdorda marganes rudasi, boksit, oltin, kumush qazib olinadi. I. ch. sanoati qand, yogʻ, sholi oqlash, tamaki, meva konservalash, koprani qayta ishlash, taxta tilish, yogʻochsozlik, kiyimkechak, poyabzal, keng isteʼmol mollari korxonalaridan iborat. Sayyoxlarning kelibketishidan yaxshigina daromad olinadi. T. y. uzunligi 595 km, avtomobil yoʻllari uz. 5100 km. Asosiy dengiz portlari — Suva, Lautoka. VitiLevu o. ning gʻarbiy sohilida Nandi xalqaro aeroporti bor. Fiji chetga shakar xom ashyosi, kokos moyi, kopra, oltin, yogʻoch, baliq, kiyimkechak va b. chiqaradi, chetdan mashina va uskunalar, yoqilgʻi, keng isteʼmol mollari oladi. Avstraliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi — fiji dollari.
Maorifi. Mamlakatda 800 dan ortiq maktab bor, ular 50 dan ziyod orolda joylashgan. Maktablarda taʼlim ingliz, fijiy va hind tillarida olib boriladi. Fijida 8 y. lik taʼlim majburiy. Boshlangʻich maktabga bolalar 6—7 yoshdan qabul qilinadi. Oʻrta maktabda oʻqish muddati 4 y., ammo un-tga kirish uchun qoʻshimcha 2 y. lik taʼlim kursida oʻqib chiqish kerak. Davlat maktablaridan tashqari xususiy maktablar ham bor. 1968-y. Suvada Tinch okean jan. qismi mamlakatlarining regional un-ti tashkil etildi; xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, tibbiyot bilim yurti bor. Samabuladagi Texnika in-ti (1964), Nausoridagi q. x. kolleji (1954), Suvadagi Markaziy tibbiyot bilim yurti (1886)da toʻliqsiz oliy maʼlumot olinadi. Suvada un-t kutubxonasi, shahar kutubxonasi, Samabulada Texnika intining kutubxonasi, Nandida kutubxona, Suvada Fiji muzeyi (1906) mavjud.
Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi. Fijida nashr etiladigan gaz. va jur. lar: «Deyli post» («Kundalik pochta», ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1989-y. dan), «Fidji Tayme» («Fiji vaqti», ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1869-y. dan), «Shanti dut» («Dunyo xabarnomasi», qind tilida chiqadigan haftalik gaz., 1935-y. dan), «Aylend biznes» («Orollar biznesi», ingliz tilida chiqadigan oylik jur., 1985-y. dan), «Nav djioti» («Yangi dunyo», hind tilida chikddigan oynoma, 1989-y. dan). «Fidji brodkasting komishn», yarim tijorat tusdagi radioeshittirish xizmati, 1954-y. tuzilgan. «Fidji Televiji» telekompaniyasiga 1994-y. da asos solingan.