FIDIY (Pheidias, mil. av. 5-a.) — yunon meʼmori va haykaltaroshi; qad. yunon sanʼatining yirik namoyandasi. Afina, Olimpiya va b. da ishlagan. Afinadagi Akropol kurilishiga boshchilik qilgan. Fidiyning haykaltaroshlik asarlaridan antik mualliflar asarlarida tilga olingan va kuchirilgan nusxalaridan maʼlum va mashhurlari: Afina Promatos (jez; taxm. mil. av. 460); oltin va fil suyagidan ishlangan Zevs (Olimpiyadagi Zevs ibodatxonasida; yetti muʼjizattg biri deb eʼtirof etilgan) hamda Afina Parfenos (Afinadagi Parfenon ibodatxonasida) va b. haykallar.
Fidiy ijodi haqida uning rahbarligida va bevosita ishtirokida ishlangan Afinadagi Parfenon haykallari (marmar, mil. av. 438—432; Britaniya muzeyi, London; Luvr, Parij; Akropol muzeyi, Afina) chuqur insoniylik bilan yoʻgʻrilgan hamda sanʼatlar sintezining yuksak namunasidir.