FIBRINOGEN (fibrin va… gen) — qon plazmasining globulinlar guruhiga kiruvchi eriydigan oqsili. Trombin taʼsirida fibringa aylanib, qonni ivitadi (q. Qon ivishi). Jigarning parenxematoz hujayralarida hosil boʻladi. Sogʻlom odam qon plazmasidagi Fibrinogen miqdori 300—500 mg%. F. turli operatsiyalarda, gemofiliya va b. kasalliklarda qon oqishini toʻxtatish uchun ishlatiladi. Lab. tadqiqotlarida Fibrinogen preparatlaridan foydalaniladi. Odam qonidan olingan Fibrinogen klinikada ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые