FIBIGER (Fibiger) Yoxannes Andreas Grib (1867.23.4, Silkeborg — 1928. 30.1, Kopengagen) — daniyalik mikrobiolog va patologanatom. R. Kox va E. fon Beringning shogirdi. 1900 — 05 y. larda klinik bakteriologiya in-ti direktori; 1900-y. dan Kopengagen un-ti patologiya prof. 1912-y. spiropter qurt lichinkalari berib boqilgan suvaraklar tajriba kalamushlari meʼdasida oʻsma paydo qilishini aniqdagan. Keyinchalik spiropterlarning onkologik taʼsiri borligi oʻz tasdigʻini topmadi. Lekin Fibiger tadqiqotlari eksperimental onkologiya rivoji, xususan, kanserogen moddalarht tadqiq qilishta imkon berdi. Nobel mukofoti laureati (1926).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые