FEYXOA (ispancha Feijoa) , akka — mirtadoshlarga mansub doim yashil butalar va daraxtlar turkumi. Jan. Amerikaning subtropik hududlarida 2 turi usadi. 1turi — F. Sellova (F. sellowiana) subtropik iqlimli mamlakatlarda, jumladan, Gruziya va Qrimning jan. sohillarida oʻstiriladi. Boʻyi 3 m, shoxshabbasi yoyiq, qalin. Barglari butun, qaramaqarshi joylashgan. Gullari ikki jinsli. May oyida gullaydi. Mevasi toʻq yashil rezavor, eti sershira, xushboʻy, tarkibida qand, pektin, olma kislotasi, yod bor. Okt. noyab. da pishadi, yangiligida yeyiladi. Murabbo va vino tayyorlanadi. Uruti, kdlamchasidan va payvand qilib koʻpaytiriladi. Bogʻxiyobonlarni koʻkalamzorlashtirishda foydalaniladi. Hosildorligi 60—90 s/ga.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые