FERSMAN Aleksandr Yevgenyevich

FERSMAN Aleksandr Yevgenyevich (1883.27.10, Peterburg 1945.20.5, Sochi; Moskvada dafn etilgan) — rus kimyogari va mineralogi. Fersman geokimyo asoschilaridan biri. SSSR FA akad. (1919-y. dan Rossiya FA akad.). V. I. Vernandskiyning shogirdi. Moskva un-tini tugatgan (1907), prof. (1910). Kola ya. o., Tyanshan, Qizilqum, Qoraqum, Ural, Baykalorti va b. rayonlarda olib borilgan qidiruv va tadqiqot ishlari da qatnashgan. Xibin tundralari (1920) va Monchetundra (1930) da Fersman ishtirokida apatit va misnikel ruda konlari ochilgan. «Geokimyo» (1 — 4t., 1933—39), «Pegmatitlar» (1931) asarlarining muallifi. Fersman elementlar klarki va migratsiyasiga katta eʼtibor berdi. Fersman birinchilar katorida foydali qazilma konlarini qidirishda geokimyoviy metodlarni qoʻllash zarurligini asosladi. 1926-y. da ilk bor MongoliyaOltoy geokimyoviy mintaqasini aniqladi. Fersman fanning yorqin targʻibotchisi, javohir va ziynat toshlar boʻyicha yirik mutaxassis. U. mineral resurslar tadqiqoti buyicha bir qancha ilmiy muassasalar va koʻp sonli ekspeditsiyalar (shu jumladan, Kola ya. o., Oʻrta Osiyo va Uralda) tashkilotchisi. Davlat mukofotlari (1929, 1942) laureati. Minerallardan: titanniobiy oksidi — fersmit va titan niobiy silikati — fersmanit Fersman nomi bilan atalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x