DO`STLARGA ULASHING:
💊DORI SHAKLI : Sirop
💊TARKIBI 👇
Temir lll gidroksid polimaltozat moddasi.
💊TA’SIRIGA KO’RA 👇 👇
Anemiyaga qarshi vosita . Kamqonlikka davo sifatida qabul qilinadi.
💊QO’LLANILISHI 👇
— Qonda gemoglobin miqdori ni ko’taradi va temir moddasi zaxirasini ta’minlaydi.
— Temir tanqisligi anemiyasida qabul qilinadi.
— Xomiladorlik va emizish davridagi kamqonlik holatlarda qabul qilinadi.
— Donor bo’lganda , ya’ni qon topshirganda yo’qotilgan qon o’rnini to’ldirish maqsadida
— Organizmning jadal o’sish davrida buyuriladi.
— Temir moddasi tanqisligida buyuriladi.
💊QABUL QILISH USULI 👇
Tabletkasini 12 yoshdan keyin qabul qilish buyuriladi. 12 yoshgacha siropi beriladi. Pastda korsatib o’tilgan 👇
Siropini va tabletkasini ham ovqatlanish vaqtida yoki ovqatlanib bo’lgach 30 daqiqadan keyin qabul qilish mumkin.
1 yoshgacha bo»lgan bolalarda 2,5 — 5 ml kuniga qabul qilinadi.
1 yoshdan 12 yoshgacha bo’lganlarda 5 — 10 ml kuniga buyuriladi.
12 yoshdan kattalarga 10 — 30 ml siropi yoki 1 -2 tabletka kuniga buyiriladi.
Kattalar va emizikli ayollarga kuniga 10 — 30 ml sirop yoki 1 — 2 tabletka buyuriladi.
Homilador ayollarga kuniga 20 — 30 ml gacha sirop yoki 1 — 3 tabletka buyiriladi.
Tabletkasini 12 yoshdan kichik bo’lganlarga qabul qilish mumkin emas.
🚫NOJO’YA TA’SIRI 👇
— Axlat rangining o’zgarishi
— Ko’ngil aynish va qusish holatlari
— Diareya holatlari ,teri toshmasi va qichishishi.
❌QO’LLASH TAQIQLANADI 👇
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Temir moddasi miqdori organizmda ortiqcha bo’lganda.
— Temir moddasi ning organizmda almashinuvi buzilishida.
— B 12 vitamini yetishmaslik oqibatidagi kamqonlikda mumkin emas.
— Fruktozani o’zlashtira olmaslik kabi holatlarda .
— Temir moddasi tanqisligi bilan bog’liq bo’lmagan anemiyalarda mumkin emas.
🔰 ADMIN MASLAHATI 👇
💥Ferrum lek preparati tabletka , sirop va ampula ko’rinishida chiqadi. Yuqorida ☝ tabletkasi va siropi haqida va dozasi ko’rsatib o’tildi .
💥Ampulasiga kelsak , ampulasi faqat mushak orasiga jo’natiladi. Venaga yoki teri ostiga mumkin emas. Ampulasi homiladorlikning birinchi 3 oyligida mumkin emas. Yana jigar sirrozida , infeksion gepatitda mumkin emas.
💥Ampulasini yana chaqaloqning 4 oyligigacha bo’lgan vaqtda yuborish tavsiya qilinmaydi
💥Ferrum lekni siropi va tabletkasini homiladorlikning birinchi 3 oyligida qabul qilishni shifokoringizdan so’rang.
💥Ferrum lek ampulasini mushakka yuborganda qon bosimi tushishi , isitma bosh aylanishi va og’rishi kabi holatlar kuzatilishi mumkin.
💉Qo’llash — retsept bilan
💉Ishlab chiqaruvchi — Sloveniya , Germaniya , Turkiya va Uzbekistan.