FERROMAGNETIZM

FERROMAGNETIZM — baʼzi kristall moddalarning magnit jihatidan tartiblashgan xrlati. Bunda barcha atomlarning magnit momentlari parallel yoʻnalishda joylashadi. Magnit momentlarining bunday joylashishi Kyuri nuqtasi deb ataladigan kritik tradan pastda yuz beradi. Atom magnit momentlarining ferromagnit tartibi yuz beradigan moddalar f ye r romagneti kl ar deb ataladi. Ferromagnetiklarning magnit qabul qiluvchanligi musbat va 104 ~ 105 qiymatlargacha yetadi. Ularning magnitlanganligi va magnit induksiyasi magnit maydon kuchlanganligi Nga nochizigʻiy bogʻlangan hamda N ~ 103 A/m qiymatlarda toʻyinishga erishadi. Ferromagnetiklarning magnitlanganligi tashqi maydon yoʻqolganidan keyin ham saqlanib qoladi. Kimyoviy elementlardan Gʻye, Co, Ni, Gd, Tb, Dy, Ho, Er, Tm ferromagnetikdir. Materiallarning ferromagnetik xususiyatlaridan radiotexnik va elektrotexnik qurilmalar (mas, transformatorlar, axborotni yozishning magnit vositalari va b.)da keng foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x