FERMOPIL JANGI

FERMOPIL JANGI – yunonfors urushlari davridagi Lamiya sh. dan jan,sharkda joylashgan Fessaliya b-n Oʻrta Yunoniston oʻrtasidagi togʻ yoʻlagida sodir boʻlgan jang (mil. av. 480-y.) . Oz sonli yunon ittifoqchi qoʻshini (5 ming kishiga yaqin) Sparta podshosi Leonid boshchiligida Fermopil yoʻlagidagi pozitsiyani egallab, axomaniylar podshosi Kserks qoʻshini yoʻliga fob boʻlgan. Yunon qoʻshinidan qochib oʻtgan xoin yordamida forslar yunonlarning orqa tomoniga oʻtib olishga muvaffaq boʻlishgan. Shunda Leonid asosiy kuchlarini Afinani mudofaa etish uchun joʻnatgan, oʻzi esa 300 ta spartalik bilan Fermopilni qattiq mudofaa qilishni davom ettirgan. Tengsiz jangda barcha jangchilar halok boʻlgan. Fors qoʻshinlari Oʻrta Yunonistonga bostirib kirib Afinani egallashgan. Fermopil jangi boʻlgan yerda yodgorlik oʻrnatilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x