FERMA

FERMA (Fermat) Pyer (1601.17.8, BomondeLoman — 1665.12.1, Kastr) — fransuz matematigi. 1631-y. dan Tuluzada parlament maslahatchisi. Bir necha asar muallifi boʻlib, ularning koʻpchiligi Ferma vafotidan keyin ugli tomonidan «Har xil matematik asarlar» (1679) nomi bilan nashr ettirilgan. Ferma hayotligida uning ishlari maktublari va shaxsiy aloqalari orqali boshqa olimlarga maʼlum boʻlgan.

Ferma darajalarni differensiallashning umumiy qonunini yaratdi va uni kasrli darajalarga tatbiq etdi. Koordinatalar usulini rivojlantirib, toʻgʻri chiziq va ikkinchi tartibli chiziklar tenglamalarini berdi. Hamma ikkinchi tartibli chiziklar — konus kesimli egri chiziklar ekanligini isbotlab, analitik geometriyaga asos soldi. Ekstremumlarni topish qoidasini yaratdi. Sonlar nazariyasida ikkita mashhur teorema, yaʼni Fermaning buyuk teoremasi va Fermaning kichik teoremasi F. nomi bilan bogʻliq. Ferma fizikada geometrik optikaga asos soldi. Differensial hisobva integral hisobsh Fermaning hissasi katta.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x