FENOL, karbol kislota, o k sibenzol, S6N5ON — oʻziga xos hidli, rangeiz kristall modda. Saqlab qoʻyilganda pushti rangga kiradi. Mol. m. 94,11, suyuqlanish trasi 40,9°, qaynash trasi 181,75°, zichligi 1058 kg/m3. Spirt, efir, atseton, xloroformda yaxshi, suvda bir oz eriydi. Kuchsiz kislota xususiyatiga ega, ishqorlar bilan fenolyatlar hosil qiladi. Fenol toshkoʻmir smolasidan olinadi. Fenolning sanoat koʻlamida sintezlab olinishi izopropilbenzol gidroperoksidni kislotalar bilan parchalashga asoslangan. Fenol fenolformaldegid smolalar, kaprolaktam, pikrin kislota, turli boʻyagichlar va pestitsidlar, dori moddalari i. ch. da qoʻllanadi. Teriga tekkanda kuydiradi: havoda 0,005 mg/l dan koʻp boʻlmasligi lozim (yana q. Fenollar).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые