DO`STLARGA ULASHING:
Fenistil 24 kapsulasi
#Фенистил 24 капсуласи
💊DORI SHAKLI 👇
Kapsula
💊TARKIBI 👇
1 kapsula 4 mg dimetinden maleat moddasini saqlaydi.
💊TA’SIRIGA KO’RA 👇
H 1 gistamin retseptorlari blokatori . Allergiyaga qarshi vosita.
💊QO’LLANILISHI 👇
— Terining allergik reaksiyalarini simptomatik davolashda , masalan eshakyemida .
— Mavsumiy lixoradkani simptomatik davolashda qabul qilinadi.
— Allergik rinitda qabul qilinadi.
— Teri qichishishida , ekzemada va dermatozlarda qabul qilish mumkin.
— Ovqat va dori vositalari qo’zg’atgan allergik holatlarda qabul qilinadi.
— Atopik dermatitda qabul qilinadi.
— Angionevrotik shishda va qizilcha kabi allergik toshmalarda qabul qilish mumkin.
— Allergik reaksiyalarni oldini olish maqsadida profilaktika maqsadida .
💊QO’LLASH USULI VA DOZASI 👇
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar uchun kuniga 1 kapsula kechasi uxlashdan oldin qabul qilish buyuriladi. Davolash kursi — 20 kun .
🚫NOJO»YA TA’SIRI 👇
— Bosh og’rig’i va bosh aylanishi
— Uyquchanlik holati.
— Ko’ngil aynish va og’iz qurishi kizatilishi mumkin.
❌QO’LLASH MUMKINMAS XOLATLAR 👇
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda.
— Emizish davrida qabul qilish mumkin emas.
— Homiladorlik davrining birinchi 3 oyligida qabul qilish mumkin emas
( boshqa payt shifokor maslahati bilan ).
— 12 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas.
🔰ADMIN MASLAHATI 👇
▶Homiladorlarga birinchi 3 oylikda qabul qilish mumkin emas. Boshqa vaqtda shifokor bilan maslahatlashish buyuriladi.
▶Preparatni glaukoma kasalligida , bronxial astmada va qon bosimi baland yuradigan , ya’ni davleniyasi borlarda ehtiyotkorlik bilan qo’llash kerak. Agar bu kasalliklarning o’tkir davri kuzatilayotgan bo’lsa qabul qilish mumkin emas.
▶Preparat davleniyani oshiradi. Qon bosimi baland kishilar qabul qilishi mumkin emas.
💉Qo’llash — retsept bilan
💉Ishlab chiqaruvchi — Rossiya
@FARMAKOLOGIYA_TTA
@KANAL_MUNDARIJASI
,,ТАБЛЕТКА » kanali