Tarjimai hol
Hotam Fayziyev — kinooperator, kinorejissyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi. “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.
1937 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1958 yilda Butunittifoq Davlat kinematografiya institutining (VGIK, Moskva) kinooperatorlik fakultetini, 1983 yilda Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutining drama rejissyori bo‘limini tamomlagan.
1958—1959 yillar “O‘zbekfilm” kinostudiyasida operator yordamchisi, 1959 yildan kinooperator sifatida faoliyat ko‘rsatgan, H. Fayziyevning mustaqil ishi “Besh og‘ayni” badiiy filmi bo‘lgan.
Ijodiy ishlari:
Rejissyorlik
1997 — O‘tgan kunlar (O‘zbekiston)
Senariylari
1997 — O‘tgan kunlar (O‘zbekiston)
Operatorlik
2005 — Ayol podachi (O‘zbekiston)
2004 — Tabib (O‘zbekiston)
2002 — O‘rtoq Boykendjayev (O‘zbekiston)
2002 — Erkaklar raqsi (O‘zbekiston)
2000 — Ayollar saltanati (O‘zbekiston)
1997 — O‘tgan kunlar (O‘zbekiston)
1996 — Yulduzingni ber osmon (O‘zbekiston)
1993 — Alangadagi farishta (O‘zbekiston)
1990 — Uran sayyorasining yo‘ldoshi
1987 — Hayot mazmuni
1985 — Buvijonimni qaytarib bering
1984 — Yоlg‘izlikda
1984 — Kundalik, husnixat va birinchi sinf o‘quvchisi
1983 — G‘azab ustida otma
1981 — Komila
1980 — Ertaga chiqasanmi?
1979 — Jala
1979 — Ehtiyot bo‘ling, ilonlar!
1976 — Yilning to‘rt fasli
1974 — Abu Rayhon Beruniy
1971 — Sevgi dramasi
1970 — Favqulotda qo‘mondon
1968 — Dilorom
1967 — Tashkent — non shahri
1965 — Vijdon amri sari
1964 — Umr tunda o‘tib ketdi
1962 — Sen yetim emassan
1960 — Qudratli to‘da
Rassom
2004 — Tabib (O‘zbekiston)
1997 — O‘tgan kunlar (O‘zbekiston)