Faynberg Aleksandr Arkadevich

Tarjimai hol

Aleksandr Faynberg Arkadevich — rus shoiri, O‘zbekiston xalq shoiri. O‘zbekiston shoirlar osmonida Aleksandr Faynberg, shubhasiz, eng yorqin yulduzlardan biridir. Uning ijodi o‘ta serqirra. U Toshkent, Moskva hamda Sankt Peterburg shaharlarida chop etilgan  to‘plamlar muallifi. Uning qalamiga badiiy filmlarning senaryilari mansub. Rossiya Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston shoiri Aleksandr Arkadevich Faynberg 2008 yil Pushkin medali bilan taqdirlangan.

Aleksandr Arkadevich Faynberg 1939 yil 2-noyabr kuni Toshkentda — ota onasi 1937 yil Novosibirskka ko‘chib kelgandan so‘ng tug‘ilgan.

Sobiq Jukovskiy ko‘chasida uning bolaligi o‘tgan. Yetti yillik maktabni tamomlagach, Aleksandr Faynberg Toshkent topografik texnikumiga o‘qishga kiradi. Texnikumni tugatgach, Tojikistonga harbiy xizmatga ketadi. So‘ngra, Toshkent universitetini (hozirgi Toshkent davlat milliy universitet) sirtqi filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limini tamomlaydi va talabalar ko‘p adadida ishlaydi. 1961 yil I. N. Koval bilan turmush qurishadi.

U o‘n beshta she’riy kitoblar muallifi hisoblanadi. Shuningdek, uning senariylari asosida to‘rtta uzun metrajli badiiy filmlar va yigirmadan ortiq multiplikatsion filmlar suratga olingan. U Alisher Navoiyning dostonlarini va she’rlarini, shuningdek, boshqa zamonaviy o‘zbek shoirlarining she’rlarini rus tiliga tarjima qilgan. Uning she’rlari “Smena”, “Yunost” (“Yoshlik”), “Noviy mir” (“Yangi dunyo”), “Zvezda Vostoka” (“Sharq yulduzi”), “Novaya Volga” (“Yangi to‘lqin”) jurnallarida va AQSh, Kanada va Izroil kabi xorij mamlakatlari vaqtli matbuotlarida chop etilgan.

1999 yil “Paxtakor” futbol jamoasining fojiali aviahalokatdagi o‘limining 12 yilligi munosabati bilan uning senariysi asosida “Ularning to‘p maydoni osmonda” nomli film suratga olingan, filmda jaranglagan qo‘shiq matni 1979 yil yozilgan Aleksandr Faynberg qalamiga mansub.

Bir necha yillar mobaynida A. A. Faynberg Toshkentdagi O‘zbekiston yosh yozuvchilar seminariga rahbarlik qilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi hisoblangan.

2004 yil shoir A.A. Faynberg Rossiya Prezindenti farmoni bilan Pushkin medali bilan taqdirlangan. Ushbu yuqori mukofotga u Rossiya Federatsiyasi bilan madaniy aloqalarni rivojlantirish hamda rus tili va rus madaniyatini saqlab qolishdagi ulkan hissasi uchun sazovor bo‘lgan. O‘zbekistonning she’riyat gumbazida Aleksandr Fainberg‘, shubhasiz, eng yorqin yulduzlardan biri. Uning ijodi serqirra. U Toshkentt, Moskva va Sankt Peterburg shaharlarida chop etilgan o‘n uchta she’riy to‘plam muallifi.

Uning qalamiga yettita badiiy film senariysi mansub bo‘lib, ulardan eng diqqatga sazovorlari: “Eng ko‘m-ko‘k osmon ostida”, “Jazirama oftob tagidagi uy”, “Qandahorda toblanganlar”, u, shuningdek, 18 ta multiplikatsion filmlar muallifi hamdir. Uning nasri katta qiziqish uyg‘otadi.

Ajoyib tarjimon Faynberg ruszabon kitobxonga taniqli o‘zbek shoirlarining ko‘plab asarlarini ochib bergan. Moskvada Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostoni chop etilgan Toshkentda esa Abdulla Oripov va Xosiyat Rustamova, Sirojiddin Said va Omon Matchonlarning she’rlari jamlangan “Oq qushlar galasi” to‘plami nashrdan chiqqan.

Faynberg she’rlarida uchqunli hajviya mavjud. “Ruboiy tori” dostonida u kulgu orqali o‘zbek choyxonasini o‘zgarmas oshini shunday tasvirlaganki, uni yuzda tabassumsiz o‘qib bo‘lmaydi.

Aleksandr Arkadevich Faynberg 2009 yil 14 oktabr kuni Toshkentda vafot etgan.

To‘plamlari

* “Velotreklar” (1965),

* “Etyud” (1967),

* “Soniya” (1969),

* “She’rlar” (1977),

* “Olis ko‘priklar” (1978),

* “Osmon muhri” (1982)

* “Qisqa to‘lqin” (1983),

* “Yoymato‘r” (1984),

* “Erkin sonetlar” (1990)

* “Varaq” (2008)

* Muallif tomonidan to‘plangan 2-x tomlik asarlar to‘plami ijodkor vafotidan so‘ng nashr qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x