FAXRIDDIN ALI SAFIY

FAXRIDDIN ALI SAFIY (taxal lusi Safiy) (1463.11.2, Sabzavor — 1532, Hirot) — tarixchi va faylasuf, voiz, tarjimon. Husayn Voiz Koshifiypchnt oʻgʻli. 1468-y. da oilasi Hirotga koʻchib kelgan. F. A. S. Qarshida XojaAhror bilan ilk marta uchrashib, 4 oy uning xizmatida boʻlgan (1484). Keyinchalik Samarkandga kelib 8 oy uning yonida turgan va kotiblik qilgan (1487). U Xoja Ahrordan eshitganlarini doimo yozib borgan. Xoja Ahror vafotidan soʻng Hirotga qaytib Husayn Boyqaro xizmatiga kirgan va otasi singari uning voizi boʻlgan. Faxriddin Ali Safiy fors tilida 10 ga yaqin asarlar yozib qoldirgan. «Rashahot ayn alhayot» («Obi hayot tomchilari»; qisqacha «Rashahot»), «Latoif uttavoyif» («Latofatnoma» nomi bilan 1996-y. Toshkentda nashr etilgan), «Aniysul orifin fil mavoiz» («Donolarning nutq paytidagi yoʻldoshi»), «Hirz ulamon min fitan izzamon» («Zamonning fitnalaridan saklovchi tumor»), «Kashful asror» («Sirlar kashfi») asarlari va «Maxmud va Ayoz» lirik doston muallifi. U Shaxrbuddin Suxravardiyning «Uyun alhaqoiq va izoh altaroiq» («Haqiqatlar bulogʻi va tariqatlar izohi») asarini arabchadan fors tiliga tarjima qilgan.

Tasavvuf namoyandalari haqidagi «Rashahot» (1503) asarida mashhur shayx Xoja Ahrorning hayoti va faoliyatidan tashqari Movarounnahr va Xurosonda yashab oʻtgan yuzlab shayxlar (asosan, buxorolik 7 pir)ning ham tarjimayi hollarini keltirgan. Asarda Movarounnaxrning 15-a. dagi ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy va madaniy ahvoliga oid qimmatbaho maʼlumotlar mavjud. Bu asar tasavvuf tarixini oʻrganishda, Oʻrta Osiyoda yashagan mashhur mutasavviflar, olimlar va shayxlarning hayotini tadqiq etishda muhim manba qisoblanadi. «Rashahot» debocha, muqaddima, 3 bob va xotimadan iborat. Asar fors tilida Hindiston (1890, 1897, 1906)da, Toshkent (1911)da nashr etilgan. Uning arabcha (1852, 1889), turkcha (1888) tarjimalari ham chiqqan. Xorazmda domla Xudoybergan ibn Bekmuhammad tomonidan eski oʻzbek tili (1879)ga qilingan tarjimasi Toshkentda sharqshunos olimlar — Mahmud Hasaniy va Bahriddin Umrzoq tomonidan nashr qilindi (2003, 2004). Bu asarning 50 dan ortiq qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik intida saklanadi.

As: Latofatnoma, T., 1996; Rashahrt, T., 2003; 2004.

Ad.: Ahmedov B. A., Oʻzbekiston xalqlari tarixi maibalari, T., 1991.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x