Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Ular yolgʻonchilardir. Yolgʻonchiliklarini oʻzlari ham bilishadi. Yolgʻonchiliklarini biz bilishimizni ham bilishadi. Shunday boʻlsa ham baland ovozda yolgʻon gapiraveradilar.
Najib Mahfuz
*****
Afrika qitʼasiga dori-darmonlar joʻnatishga qaror qildik. Bu juda ham yaxshi insonparvarlikdir. Lekin muammo dorilar qutisiga “Ovqat yegandan soʻng” deb yozib qoʻyilganidir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Kitoblarning doʻstligi insonlarning doʻstligidan afzaldir. Chunki kitoblar hech narsa talab qilmasdan, doim foyda beradi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Dushmanlaringning gaplariga yaxshilab quloq sol. Chunki ularning koʻp gaplarida yaxshi koʻrganlaring yashirgan haqiqat bor boʻladi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Boshqaning gapini senga olib kelgandan ehtiyot boʻl. Chunki u sening ham gapingni boshqaga yetkazadi.
Hasan Basriy rahimahulloh
*****
Agar sen ehtiyojing tushmagan narsani sotib olgan boʻlsang, vaqti kelib, oʻzingga kerak boʻlgan narsani sotishga majbur boʻlasan.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Men hech kimni tashlab ketmayman. Lekin ketmoqchi boʻlgan kimsaning qoʻlidan ushlab olmayman.
Mahmud Darvesh
*****
Farzandlaringizga sidq – rostgoʻylikni oʻrgatinglar! Rostgoʻylik ularga hamma narsani oʻrgatadi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Eng afzal intiqom – shiddat bilan muvaffaqiyatga erishishingdir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/farzandlaringizga-sidq-rostgoylikni-orgatinglar-rostgoylik-ularga-hamma-narsani-orgatadi/