Xalqimizda “Bola – boshidan” degan maqol bor. Yaxshi tarbiya koʻrgan farzand keyinchalik ota-onaning yuzini yorugʻ qilishi isbot talab etmas haqiqat. Yel universiteti olimlari oʻtkazgan tadqiqot bolalarining taʼlim-tarbiyasiga jiddiy qaraydigan kishilarni eʼtiborsiz qoldirmasa kerak.
Izlanishlar uchinchi sinfgacha yomon oʻqigan bolalarning toʻrtdan uch qismi oʻrta maktabni bitirgunicha oʻqishni shu taxlit davom ettirishini koʻrsatdi. Demak, ana shu vaqtda – bola uchinchi sinfga yetib olguncha uning oʻzlashtirishiga koʻproq diqqat qaratish zarur.
Orif Tolib tayyorladi.
Yoshlik”, 2017–6
https://saviya.uz/shaxsiy-tarbiya/farzandingiz-yaxshi-oqishini-istasangiz/