Ona
Farzandiga boʻlib parvona
Tunlar alla aytar:
– Oʻsgin, oppogʻim.
Onalik zavqiga qona va qona
Yupatar,
Erkalar umr chirogʻin.
Yigʻlasa gʻam chekar,
Shodlanar kulsa,
Diliga payvanddir har bir nafasi.
Bola tez ulgʻaysa,
Chin odam boʻlsa –
Shudir onaizor orzu-havasi!
Shu niyat yoʻlida tunlari bedor,
Farzandi mehriga gʻarq boʻlar ayol…
Bola oʻsgan sari sochga qoʻnib qor,
Oʻzin keksayishin qilmaydi xayol.
Jumaniyoz JABBOROV
https://saviya.uz/ijod/nazm/farzandiga-bolib-parvona/