FARZ

FARZ (arab. — katʼiyat, majburiyat) — hamma musulmonlar bajarishi qatʼiy buyurilgan amallar. Bularga Qurʼonda koʻrsatilgan diniy eʼtiqod, marosim, urfodat talablari, axloqiy va huquqiy normalar kiradi. Farz 2 tur — «farzi ayn» va «farzi kifoya»ga boʻlinadi. Birinchi turi barcha musulmonlarga babbarobar buyurilgan boʻlib, ularning adadi 40 atrofida (mas, namoz, roʻza, tahoratdati Farzlar). Amri maʼruf, nahiy munkar, ilm olish ham «farzi ayn»ga kiradi. «Farzi kifoya» esa bir qism musulmonlar bajarsa krlganlar zimmasidan soqit boʻladigan ishlar. Mac, janoza namozi, kafanlash, murdani yuvish, dafn etish kabilar. Shariatga koʻra, Farzning bu turiga kiruvchi ishlarni hech bir musulmon bajarmasa, hamma musulmonlar gunohkor boʻladilar. Keng maʼnoda Farz — bajarilishi zarur boʻlgan vazifa, burch.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x