Farrux Xamraev — Kechirarmiding

Sen meni kechirarmiding
Mening o`rnimda bo`lganingda?
Bir bora o`ylab ko`r,
Bo`lsang ham, jonim, zo`r.

Bo`lmagin bir kun ko`r,
Bir bora o`ylab ko`r.
O`zingcha qilding or,
Bo`lmagin bir kun xor.

Kech, bugun kech,
Aslo qaytmaydi hech.
Umrim xazon etding,
Aldab mendan ketding.

Baxtim qoldi izsiz,
Yo`qsan hatto so`zsiz.
Sirdoshim – yolg`izlik,
Yolg`izman sensiz.

Bu ko`m-ko`k ko`zlarimdan voz kechaymi?
Go`yoki sendan, jonim, voz kechaymi?
Xiyonatingni hattoki, jonim,
Yomg`irlar yuvolmas. (x2)

Sen mening hayotim edingku, jonim,
Sen mening orzuim edingku, jonim.
Nega azoblarga tashlading, ketding,
Axir mening tanho yolg`izim eding.

Qiynalgan qalbimga ayriliq sig`mas,
Seni o`zgalarga bervorgim kelmas.
Yig`laydi yomg`irim, seldayin tinmas,
Yuzimda munchoqlar paydo bo`ldi.

Kelmaysanmu yonimga, kelmaysanmu yonimga?
Kelmaysanmu endi hech, ozor berib jonimga?
Xabar olgin bir bora, vaslingga zor men devona,
Imkon izlab tun o`tar, ber go`zalim, bir chora.

[Faxriddin]
Qani o`sha sevgi, qani o`sha tuyg`u?
Qani shirin va’dalar, pushaymonu qayg`u?
Erkalab, keyin ne sabab yuzlarimga qarab,
Sevaman, degan so`zni olmagandimku so`rab!

Ko`zlari edi munchoq, soxta yuzli qo`g`irchoq,
Sevgimni etdi u xor, o`zimni o`yinchoq.
Qaytar dunyo qaytadi, o`z javobin aytadi,
Balki o`shanda qadrim yuragingni tepadi.

[Farrux Hamraev]
Oq yo`l tilamagin, oppoq ilonim,
Ayt qani menga, jonim, bormi ilojim?
O`g`irlaganding xayol, quvonchim,
Nega poymol etding mening ishonchim?

Sizni ortiq o`ylamayman, desang bo`lardi,
Senga bo`lgan mening sevgim balki so`nardi.
O`lganim yaxshimi bu holatingdan,
Dardim daryodek sening kulfatingdan.

[Faxriddin]
Tasavvur qilib ko`rchi: meni qattiq sevasan,
Yaqinu begonadan, barchadan qizg`onasan.
Lekin men buni bilmay, bir chaqaga ham ilmay,
Ketyapman o`zga bilan, seni hatto o`ylamay.

[Farrux Hamraev]
Qay ahvolga tusharding, savolga javob ber,
Sevgimni, o` bevafo, qildingku sen mening yer.
Alam qilmaydimi ayt, bormi o`zi senda bet,
Tugadi tog`day sabr, nima qilay, gapir?

Sen meni kechirarmiding
Mening o`rnimda bo`lganingda?
Bir bora o`ylab ko`r,
Bo`lsang ham, jonim, zo`r.

Bo`lmagin bir kun ko`r,
Bir bora o`ylab ko`r.
O`zingcha qilding or,
Bo`lmagin bir kun xor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x