Ko`ngil bog`im cho`l aylaysan,
Mani ovoralar qilib.
Ko`zim yoshin ko`l aylaysan,
Yana favvoralar qilib.
Yurak sho`rlik orzularga
Bozor o`ldi ozoringdan. (x2)
Sitamlaring do`l aylaysan,
Bag`rim ming poralar qilib. (x2)
Oh yor-ey, oh yor-a,
Faryod-ey, faryod-a.
Oh jonim-ey, oh jon-a,
Oh yorim-ey, oh yor-a.
Visolingni so`rab borsam,
Ochib oshiq qo`llarimni. (x2)
Gado ochgan qo`l aylaysan,
Yuzimni qoralar qilib. (x2)
Bu bechora qismatimga
Izlagayman hanuz chora. (x2)
Yeng-u yoqam ho`l aylaysan,
Hanuz bechoralar qilib. (x2)
Oh yor-ey, oh yor-a,
Faryod-ey, faryod-a.
Oh jonim-ey, oh jon-a,
Oh yorim-ey, oh yor-a.
Egilgan bosh ila qoldim,
Sanchi nozu firoqingni. (x2)
Har o`tganda mo`l aylaysan,
Qadding minoralar qilib. (x2)
Botirligim qolmadi, yor,
Sening ham o`tdi gulliging. (x2)
Shundan o`ngim so`l aylaysan,
Dardingga choralar qilib. (x2)
Oh yor-ey, oh yor-a,
Faryod-ey, faryod-a.
Oh jonim-ey, oh jon-a,
Oh yorim-ey, oh yor-a.