Farididdin Attor

Tarjimai hol

Shayh Farididdin Muhammad Abu Bakr ibn Ibrohim Attor, odatda, shunchaki Attor (“dorixonachi”), haqiqiy ismi — Abu Hamid Muhammad ibn Abu Bakr Ibrohim (yoki ibn Sa‘d ibn Yusuf, tug‘ilgan va vafot etgan yillari noaniq) — XII asr fors so‘fi shoiri, ko‘plab dostonlar va she’rlar muallifi. Attorning she’rlari ilohiyot bilan birlashishga intilish va chuqur falsafiy g‘oyalar bilan sug‘orilgan.

Tug‘ilgan va vafot etgani haqidagi manbalar turlicha va isbotlanmagan. Ba’zi manbalarga ko‘ra Attor 1119 yil tug‘ilgan va vafot etgan sanasi aniqlanmagan. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, u XII asrning ikkinchi yarmida tug‘ilib, 1230 yil vafot etgan. 1119 yilda tug‘ilib, 1230 yilda vafot etganligi haqidagi ma’lumotga ko‘ra Attor uzoq umr ko‘rgan.

Yana bir manbalarga ko‘ra Attor 1145 yoki 1146 yil Nishopurda tug‘ilgan va 1221 yil Nishopur shahri Tuluy askarlari tomonidan qamal qilinib, mo‘g‘ullar istilosi vaqtida o‘ldirilgan.

“Mantiq uttayr” (1175), “Pandnoma” kitoblari juda mashhur; “Tazkirat ul avliyo” asari Brokgauz va Yefronlarning ensiklopedik lug‘atida ta’kidlanishicha, Attorning asarlari o‘zining chuqur va samarali boy g‘oyalari bilan bir nozik shaklga birlashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x