FARHOD

«FARHOD» — ertapishar olma navi. Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik intida erkin changlangan madaniy navlar koʻchatlaridan tanlash yoʻli bilan chiqarilgan (R. R. Shreder, A. R. Shreder, A. G. Shreder). Daraxti oʻrtacha boʻyli, shoxshabbasi keng sharsimon. Koʻchati oʻtqazilgandan soʻng 5—6yili hosilga kiradi. Mevasi iyul oxiri — avg. boshida pishadi, hosildorligi birmuncha davriy. Hosilga kirgan daraxti 8—9y. 55 kg dan 20 yoshida 350 kg gacha hosil beradi. Mevask 140—200 g, dumaloq, poʻsti silliq, och yashil. Eti och sariq, sersuv, shirinnordon, xushboʻy. Yangiligida yeyiladi, qoqi va konserva qilinadi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlari uchun rnlashtirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x