FARGʻONA VILOYAT OʻLKASHUNOSLIK MUZEYI — madaniy-maʼrifiy muassasa; Respublikadagi keksa muzeylardan. Fargona sh. da joylashgan. 1894-y. da Yangi Margʻilon (hoz. Fargʻona) sh. da ochilgan Q. x. va sanoat koʻrgazmasi negizida 1895-y. da asos solingan. Dastlab «Fargona viloyati xalq muzeyi» (1899 — 1911, fondida 2223 dona buyum va kitoblar boʻlgan), «Fargʻona shahar ilmiy muzeyi» (1920—38) nomlari bilan atalgan. 1938-y. dan hoz. nomida. Muzeyning tarix, tabiat, ilmiymaʼrifiy, sanʼat hamda xazina boʻlimlari bor. Muzey oʻlka tabiati va qadimdan 20-a. boshlarigacha boʻlgan tarixini oʻzida aks ettirgan doimiy ekspozitsiya (arxeologik topilmalar, amaliy sanʼat namunalari, sanʼat asarlari va b.)ga ega. Muzey fondida arxeologiya (10000 dan ziyod), numizmatika (7895 ta), amaliy sanʼat (900 ta nodir kulollik, 1200 ta miskarlik, 562 ta zargarlik, 1670 ta kiyim va kashtadoʻzlik buyumlari va b.), tasviriy sanʼat (1000 dan ziyod) va b. dan iborat osori atikalar mavjud. Muzey tarkibiga Hamza Hakimzoda Niyoziy memorial muzeyi (Shohimardonda), Adabiyot va sanʼat muzeyi (Margʻilonda) hamda viloyatning shahar va tumanlaridagi boshqa jamoatchilik muzeylari kirgan. Muzey zamonaviy texnika bilan jihozlangan (jumladan, Internetga ulangan kompyuter tizimiga ega). Muzey i. t. ishlarini olib boradi, xorijiy mamlakatlar (Angliya, Yaponiya va b.) bilan hamkorlik qiladi. Muzey 1985-y. dan maxsus qurilgan zamonaviy binoda joylashgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые