FARGʻONA NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODI — neftni qayta ishlash sanoati korxonasi. Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi bosh korxona, uning tarkibiga Oltiariq neftni qayta ishlash z-di, Pop va Angren neft bazalari kiradi. «Oʻzneftmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining shoʻba korxonasi (2003). Yuqori oktanli benzin, shu jumladan, aviatexnik kerosin, dizel yonilgʻisi, kokos, turli xil motor va dizel moylari (kompressor, turbina, urchuq), parafin, motor moylariga koʻshimchalar, bitum, mazut kabi 56 dan ziyod turli neft mahsulotlari ishlab chikaradi. 3dning 1navbati 1959-y. 27 yanv. da ishga tushirilib, Oʻrta Osiyoda birinchi marta surkov moylari ishlab chiqarila boshladi. 1965-y. dan z-d quvvatlari toʻliq ishga tushirildi. 1966-y. dan z-dning 2navbati qurila boshladi. 1970-y. dan z-dda K—12 markali va oktan soni undan yuqori boʻlgan benzin ishlab chikarila boshladi. 90-y. lar boshidan toʻliq Oʻzbekistonda qazib olingan neftni qayta ishlashga oʻtdi. 1992—2004-y. larda «Oʻzneftgaz» xolding kompaniyasi tarkibida faoliyat koʻrsatdi. Korxonaning Oʻzbekiston Respublikasining neft mustaqilligini taʼminlashda xizmatlari katta. 2000-y. da z-d toʻliq taʼmirlandi, i. ch. boʻyicha 44 texnologik qurilmaga ega. Bir yilda 8,5 mln. t. neftni qayta ishlash quvvatiga ega. 1996— 99 y. larda Yaponiyaning «Mitsui» firmasi bilan xamkorlikda dizel yoqilgʻisidan oltingugurtni ajratib olish qurilmasi qurilib ishga tushirildi. Zd ishtirokida yuqori sifatli motor moylari ishlab chiqaradigan «OʻzTeksako» va motor moylariga qoʻshimchalar ishlab chiqaradigan «Farmoy» Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonalari tashkil etildi. Yangi mahsulot turlarini i. ch. ni oʻzlashtirish dasturiga muvofiq yangi texnologiyalar uzlashtirilmokda.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые