FAQIRIY

FAQIRIY (taxallusi; asl ismsharifi Abdurazzoq Abdujabbor ugli) (1880 — Xiva yaqinidagi Boʻzxona qishlogʻi — 1925) — shoir, xattot va naqqosh. Xivadagi Olloqulixon madrasasida oʻqigan. Sharq mumtoz adabiyotini oʻrganib, oʻzi ham sheʼrlar yoza boshlagan. Otasidan yogʻoch va tangaga naqsh oʻyish sanʼatini oʻrgangan. Mashhur xattot Xudoybergan Devonning shogirdi boʻlgan.

Faqiriy 1914—15 y. larda oʻz sheʼrlarini toʻplab, «Devoni Fakiriy Xorazmiy» ni yaratgan. «Devon» gʻazal, masnaviy, murabbaʼ, muxammas, musaddas, mustazod, ruboiy, chistoy kabi janrlarda yozilgan sheʼrlardan iborat. Ularda sevgi va sadoqat, xalqparvarlik, vatanga muhabbat, maʼrifat, adolat, xalqlar doʻstligi, shaxs erki gʻoyalari ulugʻlangan. «Daftari ashʼor uljadida» («Yangi sheʼrlar daftari»)da esa Faqiriyning 1916—24 y. larda yozgan sheʼrlari mavjud. «Ayrilgʻali», «Oʻzingsan», «Boʻlmagʻay», «Oʻzgacha», «Ayo dilbar», «Koʻrgach», «Surating» radifli gʻazallarida samimiy muhabbat, oshiq iztiroblari mahorat bilan tasvirlangan. Sheʼrlarining kupi real, hayotiy taassurotlar asosida yozilgan.

Soʻnggi yillarda yozilgan bir turkum sheʼrlari «Yugʻurumiya» tuplamiga kiritilgan (1923). «Devon»nkng shoir qoʻli b-n koʻchirilgan nusxasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik intida sakdanadi (inv. №7679).

As: Sheʼrlar, T., 1972; Asrlar nidosi, T., 1982.

Ad.: Laffasiy Hasan Murod. Xorazm shoirlari, T., 1993; Oʻzbek adabiyoti tarixi 15j. li], 5j., T., 1980.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x